Mamlakatni turli xil mafkura va fikrlar asosida demokratik rivojlantirishni ta’minlashda siyosiy partiyalar muhim rol o‘ynaydi.

Mazkur nodavlat va notijorat tashkilotlar fuqarolarning siyosiy hayotda, davlat boshqaruvida ishtirokini ta’minlashning muhim vositasi bo‘lib, fuqarolarning uyushish, fikrlash, yig‘ilish erkinliklariga asoslanadi.

Partiya – (lotincha “partio” – «bo‘laman», «ajrataman») g‘oyaviy jihatdan maslakdosh, manfaatlari mushtarak bo‘lgan, shuningdek, muayyan ishni bajarish maqsadida tuzilgan kishilar guruhidir.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 10 ta moddasida siyosiy partiyalar faoliyatiga doir normalar aks etgan. Xususan, 34-moddasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egaliklari, siyosiy partiyalarda, jamoat birlashmalarida, ommaviy harakatlarda, shuningdek hokimiyatning vakillik organlarida ozchilikni tashkil etuvchi muxolifatchi shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qadr-qimmatini hech kim kamsitishi mumkin emasligi belgilab qo‘yilgan.

O‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi Qonunining 1-moddasida siyosiy partiyaga quyidagicha ta’rif berilgan.

Siyosiy partiya – bu O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro‘yobga chiqarishga intiluvchi hamda o‘z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi ko‘ngilli birlashmasidir.

Siyosiy partiyalarni tuzish va ularning faoliyat ko‘rsatish prinsiplari quyidagilardir:

– xohish-irodani erkin bildirish;

a’zolarning tengligi;

qonuniylik;

partiyaga ixtiyoriy ravishda kirish va undan chiqish;

o‘zini o‘zi boshqarish;

oshkoralik.

O‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi Qonuni 6-moddasiga muvofiq, siyosiy partiya tuzish quyidagi asosiy beshta bosqichda amalga oshiriladi.

Birinchi bosqich. Siyosiy partiyani tuzish uchun kamida sakkizta hududiy sub’ektda (viloyatda), shu jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent shahrida yashayotgan hamda partiyaga birlashish istagida bo‘lgan kamida yigirma ming fuqaroning imzosi bo‘lishi talab etiladi.

Ikkinchi bosqich. Siyosiy partiya tuzish tashabbuskorlari kamida ellik kishidan iborat bo‘lishi, ular partiya ta’sis hujjatlarini tayyorlash, a’zolar tarkibini shakllantirish hamda ta’sis s’ezdi yoki konferensiyasini chaqirish bo‘yicha tashkiliy qo‘mitani tuzishlari lozim.

Uchinchi bosqich. Tashkiliy qo‘mita o‘zi tuzilgan kundan boshlab yetti kunlik muddatdan kechiktirmay, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga o‘z tashabbusi, qo‘mitaning tarkibi, rahbari (yetakchisi), joylashgan manzili hamda ta’sis s’ezdi yoki konferensiyasi chaqiriladigan sanani yozma ravishda xabar qilishi lozim. Tuzilgan tashkiliy qo‘mita tuzilgan kundan boshlab, uzog‘i bilan uch oy faoliyat ko‘rsatish huquqiga egadir.

To‘rtinchi bosqich. Siyosiy partiya ta’sis s’ezdida yoki konferensiyasida tuziladi va unda partiya ustavi hamda dasturini qabul qiladi, uning saylab qo‘yiladigan organlari tuziladi.

Beshinchi bosqich. Siyosiy partiya Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza u tushgan kundan boshlab bir oy muddat ichida ko‘rib chiqiladi. Ko‘rib chiqish natijalariga binoan siyosiy partiyani ro‘yxatga olish yoki ro‘yxatga olishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Qaror qabul qilingach, uzog‘i bilan uch kun muddat ichida u siyosiy partiya rahbar organiga beriladi yoki pochta orqali jo‘natiladi.

Siyosiy partiya ro‘yxatdan o‘tgan kundan e’tiboran yuridik shaxs maqomini oladi va u o‘z faoliyatini amalga oshirishi mumkin.

Siyosiy partiya ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi xabar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Siyosiy partiyalar belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib va bu haqida ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilinganidan keyin qonunda ko‘rsatilgan huquqlarga hamda majburiyatlarga ega bo‘ladi.

Quyidagi shaxslar siyosiy partiyalarga a’zo bo‘lishi mumkin emas.

– Xorijiy davlatlarning fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar;

Sudyalar;

O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining mansabdor shaxslari;

Prokurorlar va prokuratura tergovchilari;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari;

Harbiy xizmatchilar.

Siyosiy partiyalar faoliyatini moliyalashtirish bilan bog‘liq munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni bilan tartibga solinadi. Ushbu qonunga ko‘ra siyosiy partiyalarni moliyalashtirish manbalari quyidagilardan iborat:

kirish va a’zolik badallari, agar siyosiy partiyaning ustavida bunday badallar to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa;

qonun hujjatlariga muvofiq tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlar;

O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan ushbu Qonunga muvofiq ajratiladigan mablag‘lar;

O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari va fuqarolari tomonidan qonunga muvofiq beriladigan xayriya yordami.

Yuqoridagilarga ko‘ra, siyosiy partiyalar faoliyati davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ham moliyalashtiriladi.

Davlat byudjeti mablag‘lari siyosiy partiyalarning quyidagi faoliyati uchun ajratiladi:

siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish;

siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish;

qonunchilik palatasidagi siyosiy partiya fraksiyalarining faoliyatini moliyalashtirish.

Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining yillik hajmi shu mablag‘larni ajratish mo‘ljallanayotgan yildan oldingi yilning  1 yanvaridagi holatga ko‘ra belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining ikki foizini Qonunchilik palatasiga o‘tkazilgan oxirgi saylovda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolar soniga ko‘paytmasi miqdorida shakllantiriladi.

Siyosiy partiyalarning ustavda nazarda tutilgan faoliyatini har yili moliyalashtirishga mo‘ljallangan davlat mablag‘lari summasi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ular o‘rtasida siyosiy partiyalarning har biri tomonidan Qonunchilik palatasida olingan deputatlar o‘rni soniga mutanosib tarzda taqsimlanadi.

Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish belgilangan tartibda faqat ana shu maqsadlar uchun ajratiladigan davlat mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi. Siyosiy partiyalarning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘larining bir nomzod hisobiga to‘g‘ri keladigan miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan belgilanadi.

Siyosiy partiyaning saylovda ishtirok etishini moliyalashtirish uchun ajratiladigan davlat mablag‘lari shu partiyadan ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxatga olinganidan keyin ro‘yxatga olingan nomzodlar soniga muvofiq hajmda siyosiy partiyaning hisob-kitob varag‘iga belgilangan tartibda o‘tkaziladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida siyosiy partiyalarning ishtiroki to‘g‘risida to‘xtaladigan bo‘lsak, avvalo shuni aytib o‘tishimiz joizki, siyosiy partiyalarning qonunchilikka muvofiq eng muhim huquqlaridan biri bu – prezidentlik saylovida ishtirok etish hisoblanadi.

Milliy saylov qonunchiligimizda siyosiy partiyalarning saylov jarayonidagi barcha ishtiroki erkin, mustaqil, teng va adolatli sharoitlarda ta’minlanishi uchun zarur qonuniy kafolatlar belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Caylov kodeksi va «Siyosiy partiyalar to‘g‘risida»gi Qonuni saylov jarayonining asosiy ishtirokchisi sifatida siyosiy partiyalarga keng imkoniyatlar beradi.

Ma’lumki, saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, joriy yilning 24 oktyabr kuni mamlakatimizda ulkan siyosiy voqea, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish saylov davridagi eng muhim jarayonlardan biri hisoblanadi.

Qonunchiligimizga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish faqat siyosiy partiyalar tomonidan amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 62-moddasiga ko‘ra, siyosiy partiya saylov kampaniyasi boshlanganligi e’lon qilingan kundan kamida to‘rt oy oldin O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatga olingan taqdirdagina O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida ishtirok etish uchun siyosiy partiya saylovga kamida yetmish kun qolganida Markaziy saylov komissiyasiga quyidagilarni taqdim etishi kerak:

- Saylovda ishtirok etish to‘g‘risida partiya rahbari tomonidan imzolangan ariza;

- Adliya vazirligining siyosiy partiya ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotnoma;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lajak nomzod to‘g‘risida ma’lumotlar.

Ushbu hujjatlar Markaziy saylov komissiyasi tomonidan qabul qilib olinganidan keyin siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi. Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlar asosida partiyaning saylovda ishtirok etishiga ijozat berish to‘g‘risida besh kunlik muddat ichida uzil-kesil qaror qabul qiladi hamda siyosiy partiyaning vakolatli vakiliga ro‘yxatga olinganlik guvohnomasi va imzo varaqalarining blankalari beriladi.

Saylovda ishtirok etuvchi partiyalarning ro‘yxati arizalarning kelib tushishi navbati tartibida markaziy matbuotda e’lon qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlar ko‘rsatish saylovga oltmish besh kun qolganida boshlanadi va qirq besh kun qolganida tugaydi.

Siyosiy partiyaning yuqori organi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bitta nomzod ko‘rsatishi mumkin. Siyosiy partiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga faqat o‘z partiyasi a’zolari orasidan yoki partiyasizlardan nomzod etib ko‘rsatishga vakolatlidir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatilganligi to‘g‘risida bayonnoma tuziladi.

Siyosiy partiyaning rahbari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodni ro‘yxatga olishni iltimos qilib, Markaziy saylov komissiyasiga ariza bilan murojaat etadi. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

- siyosiy partiya yuqori organining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi qarori;

- siyosiy partiya yuqori organi majlisining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish to‘g‘risidagi bayonnomasi, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning familiyasi, ismi, otasining ismi, tug‘ilgan sanasi, kasbi, lavozimi (mashg‘ulotining turi), ish va yashash joyi, partiyaviyligi ko‘rsatiladi;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodning o‘z nomzodi ovozga qo‘yilishiga rozi ekanligi to‘g‘risidagi arizasi;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlovchi imzo varaqalari.

Siyosiy partiya tomonidan taqdim etilgan imzo varaqalarida O‘zbekiston Respublikasi jami saylovchilari umumiy sonining kamida bir foizining imzosi bo‘lishi kerak. Bunda siyosiy partiya bitta ma’muriy-hududiy tuzilmada (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri) imzolar umumiy sonining ko‘pi bilan sakkiz foizini to‘plashi mumkin.

Hujjatlarni taqdim etgan shaxsga Markaziy saylov komissiyasi hujjatlar qabul qilib olingan sana va vaqt ko‘rsatilgan ma’lumotnoma beradi. Markaziy saylov komissiyasi taqdim etilgan hujjatlarni besh kunlik muddat ichida tekshirib chiqadi va ularning Saylov kodeksi talablariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi.

Markaziy saylov komissiyasi ro‘yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlarda aniqlangan nomuvofiqliklar va qonunchilik talablaridan chetga chiqish hollari to‘g‘risida tegishli siyosiy partiyalarning rahbarlariga ma’lum qiladi. Siyosiy partiya hujjatlardagi aniqlangan nomuvofiqliklar va xatolarni ikki kunlik muddatda tuzatishga hamda ularni Markaziy saylov komissiyasiga taqdim etishga haqli.

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarni ro‘yxatga olish uchun hujjatlarni qabul qilishni ro‘yxatga olish muddati tugallanishiga yetti kun qolganida yakunlaydi.

Siyosiy partiyalar saylovlarda o‘zining kuzatuvchilari hamda vakolatli vakillari bilan faol ishtirok etadi.

Qonunchilikda vakolatli vakil hamda uning huquq va majburiyatlari, saylovlardagi ishtiroki to‘g‘risida normalar o‘rnatilgan. Ya’ni, Markaziy saylov komissiyasining «Siyosiy partiyalar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridan kuzatuvchilar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi hamda «Siyosiy partiyaning vakolatli vakili to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori bilan nizomlar tasdiqlangan. Mazkur nizomlarga ko‘ra, kuzatuvchi – saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir barcha tadbirlarda, shuningdek, har bir saylov uchastkasida saylov kuni ovoz berish va ovozlarni sanab chiqish jarayonlarida saylov qonunchiligiga rioya etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiruvchi shaxsdir.

Siyosiy partiya a’zosi yoki tarafdori yoxud siyosiy partiyaga xayrixoh bo‘lgan har qanday O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarosi siyosiy partiyadan kuzatuvchi bo‘lishi mumkin. Ular o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida saylov komissiyalariga saylovdan kamida o‘n kun oldin ariza bilan ma’lum qiladi. Shuningdek, siyosiy partiya ushbu shaxslar orasidan saylov komissiyasining majlislarida, hujjatlarni topshirishda, imzo varaqalari to‘g‘ri to‘ldirilganligini tekshirishda, saylov uchastkasida ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun vakolatli vakil tayinlashga haqli. Siyosiy partiya yuqori organining rahbari saylov kampaniyasi boshlanganligi rasman e’lon qilingan kundan boshlab besh kunlik muddatda o‘z vakolatli vakilini tayinlaydi hamda uni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun Markaziy saylov komissiyasiga tegishli hujjatlarni taqdim etadi. Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiya tomonidan tavsiya etilgan vakolatli vakil nomzodiga tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqib, uch kunlik muddatda uni ro‘yxatga oladi va quyidagi namunadagi guvohnoma (mandat) beradi.

Siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari shaxsini tasdiqlovchi hujjatni, siyosiy partiya tomonidan berilgan hujjatni va tegishli saylov komissiyasining guvohnomasi (mandati)ni o‘z yonida olib yurishi shart.

Ciyosiy partiyaning kuzatuvchisi hamda vakolatli vakili uchastka saylov komissiyasining xatti-harakati va qarori ustidan qonunda belgilangan tartibda shu saylov komissiyasiga yoki yuqori saylov komissiyasiga yoxud sudga shikoyat qilishi mumkin.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, barcha rivojlangan davlatlar singari O‘zbekiston Respublikasida ham, siyosiy partiyalarning erkin faoliyat yuritishlari, saylovlarni demokratik tarzda o‘tkazish uchun barcha huquqiy asoslar mavjud. Qolgan barcha harakatlar siyosiy partiyalar faolligiga bog‘liq.

bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasida 5 ta siyosiy partiya qonunda belgilangan tartibda Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tgan holda faoliyat yuritib kelmoqda.

1. Ijtimoiy davlat g‘oyasiga asoslangan O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP). Partiya 1991 yil 1 noyabrda Toshkentda bo‘lib o‘tgan ta’sis qurultoyida tuzilgan. Partiyaning maqsadi ijtimoiy adolat va ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilar manfaatlarini himoya qilish. Partiya siyosiy kuchlarining so‘l qanoti hisoblanadi. XDPning rasmiy nashri «O‘zbekiston ovozi», «Golos Uzbekistana» gazetalari hisoblanadi. Bosh saylovoldi shiori «Xalqimiz farovonligiga erishish Vatanimiz gullab-yashnashining garovidir».

2. O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi. Partiyaning mafkurasini sotsial-demokratiya g‘oyalari tashkil etadi. U 1995 yil

18 fevralda Toshkentda bo‘lib o‘tgan birinchi ta’sis Qurultoyida tuzilgan. O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasining asosiy maqsadlari O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustahkamlash; Respublikada kechayotgan islohotlarning jadallashtirish, huquqiy, demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyati qurish; jamiyat hayotining barcha jabhalarida ijtimoiy adolat g‘oyalarini qaror toptirish; aholining kam ta’minlangan ehtiyojmand qatlamlari uchun zarur ijtimoiy muhofazani ta’minlashga munosib hissa qo‘shishdan iborat. Partiya «Adolat» nomli ijtimoiy-siyosiy haftalik gazetasiga ega.

3. O‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi. Ushbu partiya 1995 yil 3 iyunda birinchi ta’sis Qurultoyida tuzilgan. Partiyaning asosiy maqsadlari: milliy an’analarimiz va xususiyatlarimizni inobatga olib fuqarolik jamiyati barpo etish; fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish; tashqi siyosatda dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvni kuchaytirish; iqtisodiy sohada jahon bozoriga integratsiyalashuvni kuchaytirish uchun fermerlar, ishbilarmonlar, tadbirkorlarga erkin iqtisodiy makon yaratish, barqaror pul va valyuta tizimini yaratish; ma’naviy sohada o‘zbek xalqining ma’naviy, madaniy, badiiy, axloqiy merosini qaytadan tiklash; ta’lim sohasida keng islohotlarni amalga oshirish. Partiyaning markaziy nashri «Milliy tiklanish» gazetasidir

4. Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining (O‘zLiDeP) Ustavi va dasturi uning 2003 yil 15 noyabrda bo‘lib o‘tgan ta’sis s’ezdida tasdiqlangan hamda 2003 yil 3 dekabrda Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan. Partiyaning mafkurasi liberal-demokratiyadir. Partiyaning rasmiy nashri – “XXI asr» gazetasidir. 

O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasining asosiy maqsadlari quyidagilardan iboratdir: siyosiy kuch sifatida birlashgan holda tadbirkorlar va ishbilarmonlarning yanada kengroq faoliyat yuritishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ularning istiqbolini ham nazariy, ham amaliy jihatdan asoslab berish, jamiyatning mazkur qatlami manfaatlarini himoyalash va ertangi kunini ta’minlash; mamlakatning milliy manfaatlari va taraqqiyotining strategik istiqbollariga javob beradigan dasturini Konstitutsiya tamoyillariga suyanib boshqa siyosiy partiya va harakatlar bilan hamkorlikda ishlab chiqish va amalga oshirish uchun partiyaning kuch va imkoniyatlarini safarbar etish; davlatni boshqarish, jamiyatda shakllanayotgan qarashlarga ta’sir o‘tkazish, siyosiy va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda faol ishtirok etish; partiyaning siyosiy platformasi – liberal-demokratik g‘oya va qadriyatlarni keng omma ongiga singdirish, bu borada har tomonlama chuqur o‘ylangan tashviqot va targ‘ibot ishlarini olib borish, o‘z safini kengaytirish.

5. O‘zbekiston Ekologik partiyasi. 2019 yil 8 yanvar kuni ta’sis etilgan. 2019 yil 24 yanvarda Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Ekologik partiyasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Partiyaning asosiy maqsadi: barqaror rivojlanishga, ekologik xavfsizlikka erishish, hozirgi va kelajak avlod uchun tabiiy resurslarni saqlash va qulay atrof-muhitni yaratishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishni ta’minlash, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni saqlash davlat, jamiyat va mamlakat har bir fuqarosining vazifasi bo‘lishiga erishishga ko‘maklashishga qaratilgan. Partiyaning rasmiy nashrlari “Jamiyat” ijtimoiy-siyosiy hamda “Ekohayot” ijtimoiy-iqtisodiy gazetalari hisoblanadi.

Mansurjon Boltayev,

Toshkent davlat yuridik universitetining

Ixtisoslashtirilgan filiali

Davlat-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri,

yuridik fanlar nomzodi, dotsent

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident saylovida siyosiy partiyalarning ishtiroki