Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident saylovida imkoniyati cheklangan fuqarolarning faol ishtiroki ta’minlanadi

Joriy yilning 24 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayni shu boisdan ham Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan ushbu siyosiy jarayonda aholining barcha qatlamlarining faol ishtirokini ta’minlash, ayniqsa imkoniyati cheklangan, nogironligi bor fuqarolarning saylash huquqidan to‘laqonli foydalanishlariga qaratilgan targ‘ibot ishlariga alohida e’tibor berib kelinmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda tashkil etilgan o‘quv seminarda ko‘rishda muammosi bo‘lgan saylovchilar ishtirok etdi. Mazkur seminarda endilikda ko‘zi ojiz kishilar brayl alifbosi yordamida saylov qonunchiligidan xabardor bo‘lishlari mumkinligi haqida so‘z bordi.

– Tadbirning asosiy maqsadi saylov jarayonlarida imkoniyati cheklangan fuqarolarimizning faol ishtirok etishi uchun sharoitlar yaratishdan iborat, – deydi Namangan viloyati adliya boshqarmasi mas’ul xodimi Naima Yodgorova. – Qolaversa, nogironligi bo‘lgan shaxslarga ovoz berish jarayonlarida yaratilgan qulayliklarning huquqiy asoslari yuzasidan ma’lumotlar ham berilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, ayni paytda Namangan viloyatida ko‘rishda nuqsoni bo‘lgan 6 ming nafar fuqaro saylovda ishtirok etadi. Demak, saylovda ularning ham alohida o‘z o‘rni va ovozi bor.

Targ‘ibot tadbirlari davomida surdo tarjimon ko‘magida eshitish va gapirish imkoniyati cheklangan shaxslarning siyosiy bilimlari ham oshirib borilmoqda. bugungi kunda, Namangan viloyatida 700ga yaqin eshitish va gapirish imkoniyati cheklangan shaxslar istiqomat qilayotganligi nazarda tutilsa, Prezident saylovida ushbu toifadagi kishilarning ishtiroki ham muhim hisoblanadi.

Karlar jamiyati viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda uyuushtirilgan seminar davomida maxsus surdo tarjimon tomonidan ma’ruzachining barcha fikrlari tushuntirildi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA