Amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududlarda ishlarning borishi, aholini o‘ylantirayotgan masalalarga yechim topish yuzasidan Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yig‘ilishi davom etmoqda.

Yil boshidan 867 ta “og‘ir” toifadagi mahallaga suv chiqarish uchun 1,4 trillion so‘m berildi. Buning hisobiga 662 ming xonadondagi jami 80 ming gektar tomorqaga 25-30 yil ichida ilk bor suv yetib bordi.  

Lekin serdaromad ekin ekib, 2-3 marta hosil olish o‘rgatilmayotgani qayd etildi.

– Tomorqaga suv yetkazish uchun sarflangan 1 so‘m hisobidan hech bo‘lmaganda 2-3 so‘mlik mahsulot yaratilsa, 662 ming oila mavsumda qo‘shimcha 5-6 million so‘m daromad ko‘radi-ku! – dedi davlatimiz rahbari.

Misol uchun, Qoraqalpog‘istondagi 89 ta mahallaga 150 milliard so‘m berilgan. Mutasaddilarga bu mahallalarda tomorqadan 350-400 milliard so‘mlik qo‘shimcha mahsulot olish bo‘yicha tizim yaratish topshirildi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident qator sohalardagi muammolarni tahlil qilib, ularning yechimlarini ko‘rsatib o‘tdi