Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining Jizzax viloyati boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida “Do‘stlik don mahsulotlari” aksiyadorlik jamiyatiga tashkil etilgan press-turda respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar ishtirok etdi.

Tadbir, Prezidentimiz huzurida joriy yilning 11 may kuni “Don mahsulotlari korxonalarida transformatsiya jarayonlari natijadorligini oshirish chora-tadbirlari” masalasida o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalar ijrosiga qaratildi. Unda g‘allachilik sohasidagi islohotlarning yangi bosqichi bo‘yicha ustuvor vazifalar, jumladan, tarmoqqa bozor mexanizmlarini to‘la joriy etish, davlat buyurtmasini bekor qilish, fermerlar manfaatdorligini oshirish, g‘alla hosildorligini ko‘tarish orqali aholini oziq-ovqat bilan barqaror ta’minlashga erishish masalalari muhokama qilingan edi.

Press-turda viloyat prokuraturasining bo‘lim prokurori Dilyor Mo‘minov, Prezidentimizning “G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori fermer ho‘jaliklari va g‘allachilik klasterlarining moddiy manfaatdorligini oshirish, ichki bozorni bug‘doy va un mahsulotlari bilan uzluksiz ta’minlash, g‘allani davlat ehtiyojlari uchun zarur hajmdan ortiq xarid qilishdan voz kechish orqali sohaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishda muhim hujjatlardan biri bo‘lganini, natijada dehqonning kosasi oqarib, manfaatdorligi oshayotganini, shu bilan birga un va un mahsulotlarining narxi ham bir me’yorga kelganini ta’kidladi.

Shuningdek, Davlatimiz rahbarining “G‘alla yetishtirish va sotishda erkin raqobatni ta’minlaydigan bozor tamoyillarini joriy etish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi ustidan ham qat’iy nazorat o‘rnatilganligi, prokuratura organlariga belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berildi.

Joriy qishloq xo‘jalik mavsumida viloyat bo‘yicha jami 93 ming 500 gektar suvli maydonlarda yetishtirilgan boshoqli don 3 ta don korxonalariga topshirilishi belgilangan. Ana shu korxonalardagi 10 ta don qabul qilish shoxobchalariga viloyat prokuraturasi xodimlari boshchiligida departament, ichki ishlar, milliy gvardiya, bojxona, agroinspeksiya, moliya, bank, soliq va qishloq xo‘jaligi idoralarining xodimlaridan iborat ishchi guruhlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

Viloyat prokuraturasi tomonidan har bir hududda targ‘ibot guruhlari tashkil etilgan bo‘lib, g‘allachilik sohasidagi yangi tizimning mazmun-mohiyatini aholi, tadbirkorlar va fermer xo‘jaliklari o‘rtasida keng targ‘ib qilish yuzasidan targ‘ibot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Viloyatda g‘alla o‘rim-yig‘im mavsumini tizimli yakuniga yetkazish maqsadida – 133 ta o‘rim otryadlari tashkil etilib, ularga 304 ta g‘alla o‘rish kombayni, 1 ming 480 ta tashish texnikasi, 80 ta ko‘chma ustaxona, 91 ta yoqilg‘i tashish texnikalari biriktirilgan.

212 ming 889 tonnadan ortiq don mahsulotlari yuqorida ta’kidlangan 3 ta don korxonasiga topshirilib, 197 ta non ishlab chiqaruvchilar tomonidan birja savdolari orqali 1 iyundan 30 iyunga qadar 1 ming 802 tonna un sotib olingan va 33 ming dona atrofidagi qolipli non aholi ehtiyoji uchun yetkazib berilgan. Ayni paytda, ishlab chiqaruvchilar ixtiyorida 420 tonna un mavjud ekanligi ochiqlandi.

[gallery-7938]

Joriy yilning iyun oyi davomida viloyatdagi chakana un savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar birjadan 4 ming 434 tonna un mahsuloti sotib olib, 524 ta aholi yashash punktlaridagi shoxobchalarda uni sotilishini amalga oshirgan. Ayni paytda ham qolipli nonning 1 donasi 2 ming 500 so‘mdan 2 ming 700 so‘mgacha, uning 1 kilogrammi esa 4 ming 800 so‘mdan 5 ming so‘mgacha sotilayotganligi qayd etildi.

Tayyorlangan non mahsulotlarini aniq reja va taqsimot asosida savdo do‘konlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va boshqa korxonalarga yetkazib berilishi bugungi kunda ham departament xodiimlarining nazoratida ekanligini alohida ta’kidlab o‘tish joiz.

G‘alla o‘rim-yig‘im mavsumi oxirlab qolganiga qaramay “Do‘stlik don mahsulotlari” AJ korxonasida ish qizg‘in borayotganiga guvoh bo‘ldik. Bu yerga keltirilgan g‘alla peshma-pesh quritilib, omborlarga joylanayapti va don qabul qilish ishlari namunali tashkil etilganligini ham alohida ta’kidlash lozim.

– Arnasoy, Do‘stlik va Mirzacho‘l tumanlaridagi g‘allachilik klasterlari bilan kontraktatsiya shartnomalari tuzganmiz, – deydi jamiyat bosh texnologi Umar Omonov press-tur qatnashchilarini don qabul qilish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirar ekan. – Donni qabul qilishda laboratoriyamizda g‘allaning sifatini tekshirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan bo‘lib, kerakli va zarur maxsus apparat va texnikalar bilan jihozlangan. Bu yerda 12 nafar malakali mutaxassis xodim mehnat qiladi.

Donning sinfi aniqlangach, tarozidan o‘tkaziladi va maxsus maydondagi xirmonga to‘kiladi. Quritilgan don ishchilar tomonidan omborlarga joylanadi. Bu yerda topshiriladigan dondan tashqari, fermer xo‘jaliklari ixtiyorida qoldiriladigan donni vaqtincha saqlab berish ham korxonaning zimmasida.

– Prezidentimizning “G‘allani yetishtirish va sotishda bozor tamoyilini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq joriy yilning 1 iyunidan un mahsulotlari, 1 iyulidan g‘alla mahsulotlari – birja savdolariga qo‘yilishi belgilandi, – deydi Tovar-xom ashyo birjasi Jizzax filiali boshqaruvchisining o‘rinbosari, makler Erik Valiyev. – 1 iyundan viloyatdagi 3 ta don korxonalari tomonidan un birja savdolariga qo‘yilib, sotildi. Fermer xo‘jaliklari ixtiyorida joriy yilda don korxonalarida 47 ming tonnadan ziyod don saqlanishi belgilangan. 1 iyuldan g‘alla ham birja savdolarida sotila boshladi. Shu kungacha fermerlar tomonidan birja savdolarida 352 tonna g‘alla sotildi.

Jumladan, press-tur tashkil etilgan “Do‘stlik don mahsulotlari” AJ tomonidan birja savdosi orqali 102 tonna bug‘doy xarid qilganligi va bu ishlar rejali yo‘lga qo‘yilganligi tadbir davomida alohida ta’kidlab o‘tildi.

– Men rahbarlik qilayotgan Do‘stlik tumanidagi “Eshniyoz bobo” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi paxta va g‘alladan tashqari, meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirish va chorvachilik bilan ham shug‘ullanadi, – deydi fermer xo‘jaligi raisi Murtaz Bo‘tayev sohada amalga oshirilayotgan islohotlar xususida to‘xtalib. – Muhtaram Prezidentimizning qarori uzoqni ko‘zlab qilingan oqilona tadbir deb o‘ylayman. G‘allachilikda ko‘plab fermerlarning xarajatlari qoplanmay qolar yoki qoplansa ham daromad ololmas edi. Endilikda esa fermer ixtiyorida qoldiriladigan donini birja orqali erkin sotish imkoniyati yaratildi va buning daromadi ham salmoqli bo‘layotganini alohida ta’kidlagan bo‘lardim.

“Eshniyoz bobo” fermer xo‘jaligi a’zolari joriy yilda 77 gektar maydonga g‘alla urug‘i qadab, har gektar yerdan 70 sentnerdan hosil olingan. Xo‘jalik mutaxassislarining hisob-kitoblariga qaraganda, bu yil faqat g‘alladan 700 million so‘m sof doromad olinar ekan. Halol mehnati, peshona teri evaziga boy bo‘layaptimi, unday dehqonlar qandini ursin.

– Korxonamizda sifatli un tayyorlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan, – deydi jamiyatning ishlab chiqarish bo‘yicha direktori Salim Mamirov ishtirokchilarni un saqlanadigan omborxona sari boshlab. – Birinchi galdagi vazifamiz viloyatimiz aholisini un bilan ta’minlash. Xavotirga o‘rin yo‘q, g‘allamiz yetarli, ishlab chiqarish uskunalari bir maromda ishlab turibdi. Qoplangan un mahsuloti saqlanadigan 2 qavatli omborxonamizga konditsionerlar o‘rnatilgan va ular mahsulotni muntazam ravishda bir sifat me’yorida ushlab tura oladi.

Bu yerdan tayyor bo‘lgan un peshma-pesh savdo shoxobchalariga yetkazib berilayotir. Bundan tashqari, “Do‘stlik don mahsulotlari” AJga qarashli 3 ta qolipli non ishlab chiqaruvchi shoxobchaning biri tuman markazida, ikkinchisi “Manas” MFY hududida va uchinchisi Mirzacho‘l tumanidagi “G‘alaba” MFY hududida joylashgan. Tadbir qatnashchilari tumandagi qolipli non ishlab chiqarish sexi faoliyati bilan ham yaqindan tanishtirildi. Qolipli non aholiga 2 ming 500 so‘mdan sotilayotgan ekan. Sexda har kuni 1000 dona qolipli non pishiriladi. Eng muhimi aholi ko‘rsatilayotgan xizmatdan mamnun.

“Do‘stlik don mahsulotlari” AJga uyushtirilgan press-tur nihoyasida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar oldi.

A.QAYUMOV, J.YORBEKOV (surat) O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident qarorlari amalda va nazoratda