Buxoroda “Ekvatorial Chodak” fabrikasi ish boshladi. Sektorlar rahbarlari, jamoatchilik vakillari, mehnat faxriylari va yengil sanoat korxonasi ishchi–mutaxassislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashgan ochilish marosimida viloyat hokimi Botir Zaripov so‘zga chiqdi.

– Davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda “Tadbirkor boy bo‘lsa, xalq ham, davlat ham boy bo‘ladi.” Shu ma’noda, bugun biz nafaqat viloyatimiz to‘qimachilik sanoati rivojiga hissa qo‘shadigan, balki yangi va yirik mehnat jamoasi orqali aholi xonadonlariga ham daromad olib kiradigan korxonaning ochilish marosimiga to‘plandik, – dedi viloyat hokimi Botir Zaripov. – Fabrikani bunyod etishda jonbozlik ko‘rsatgan loyihachi va quruvchilar, ishchi-muhandislar, barcha mas’ullarga  minnatdorlik bildiraman. Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish, zamonaviy sanoat, qulay sarmoyaviy muhitni yaratish, xorijiy davlatlar va yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratilayotgan bir paytda har jihatdan afzal bo‘lgan bu korxonaning ishga tushirilishi bu boradagi sa’y-harakatning yana bir amaliy ifodasidir.  

Shundan so‘ng, korxonaning ramziy alvon lentasi qirqildi. Tantanada yig‘ilganlar muhtasham fabrikada yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishtirildi.  

Korxonada tikish-bichish, loyihalash sexlari, ombor, ishchilar uchun dam olish xonalari, oshxona va boshqa bo‘limlar zamonaviy ko‘rinishda va talab darajasida jihozlangan. Ayni kunda 300 dan ortiq chevarni o‘zida jamlagan tikish sexi pavilonida esa mehnat jamoalari uchun maxsus korjomalar, shuningdek, jinsi matosidan shim va keng assortimentdagi kiyim-kechak buyurtma asosida peshma-pesh tikib tayyorlanmoqda.

[gallery-9925]

– Ikki yil avval Vobkent tumanidagi 1-sonli kasb-hunar maktabida tikuvchilik mutaxassisligi ko‘nikmalarini egallab, so‘ng Kosari qishlog‘idan Dilorom G‘iyosova, Rosbadan qishlog‘idan Mohina Jabborova, So‘filar qishlog‘idan Hilola Rajabova, Quruvchi mahallasidan Umida Karimova, Vobkent mahallasidan Nilufar Kamolova, Cho‘rikalon qishlog‘idan Shahrinoz Safarova singari tikuvchi chevarlar bilan birga tumandagi “G’ayrat Ekvatorial Chodak” MCHJ tikuv fabrikasiga ishga kirganmiz, – deydi Vobkent tumani “Quruvchi” mahalla fuqarolar yig‘ini, Navbahor ko‘chasida yashovchi Nargiza Yodgorova. – Hozirda men viloyat markazida ochilgan “Ekvatorial Chodak” fabrikasida ishimni davom ettirayotganimdan xursandman. Bu yerdagi qulay shart-sharoit bizga manzur. Oylik maosh ham 1,5-2 million so‘m atrofida ekan. Hatto tumanlardan qatnab ishlashga tayyor bo‘lgan chevarlar uchun alohida transport xizmati ham taklif etilayotgani biz, singari ishchilar uchun ayni muddao.

Ma’lumot uchun, Buxoro shahrining Jo‘ybor ko‘chasi, 162-uyda joylashgan, sobiq Ismoil Fozilov nomidagi trikotaj fabrikasi sifatida tanilgan mazkur korxona ishlab chiqarishdagi inqirozi tufayli parokandalikka yuz tutgan va oradan 20 yildan ortiq vaqt o‘tib bo‘sh va qarovsiz, tashlandiq holga kelgan edi. Uning bo‘sh turgan bino-inshootlari viloyat yengil sanoat tarmog‘iga sarmoya kiritib, Vobkent va Shofirkon tumanlarida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyati shaklidagi “G‘ayrat Chodak” sub’ektiga 18 oy davomida 8 million AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish va dastlabki bosqichda 750 ta yangi ish o‘rni yaratish sharti bilan “nol” xarid qiymatida berilgan.

Mana, ikki yildirki yangilanish va mukammal ta’mirlash, zamonaviy texnologiya asosida jihozlash ishlari olib borilgan majmuada investitsiya majburiyatlarini o‘z zimmasiga olgan “G‘ayrat Chodak” MCHJ tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar amalga oshirildi. Umumiy 3,7 gektarni egallagan hudud ishlab chiqarish majmuasiga aylantirildi.

Prezidentimizning 2020 yil 9 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining 2020-2022 yillarga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan “G‘ayrat Chodak” MCHJ tomonidan qiymati 10 million AQSH  dollariga teng bo‘lgan va yiliga 3 million dona “Jinsi matosidan tayyor tikuvchilik mahsulotlari va sport oyoq kiyimlari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasi amalga oshirilishi, shuningdek, yana obod va gavjum maskanga aylantirilayotgan to‘quv, bo‘yoq va tikuv fabrikasi yaxlit faoliyat ko‘rsatishi hisobidan bunda umumiy 1 ming 300 dan ortiq kishini ish bilan ta’minlash,  ishlab chiqarish faoliyatini barqaror izga solish kutilmoqda.

Ahamiyatli jihati, mazkur loyiha samarasi o‘laroq, viloyatda mehnat jamoalari uchun maxsus kiyim-kechak bilan birga jinsi matosidan tayyor tikuvchilik mahsulotlari va sport oyoq kiyimlari ham ishlab chiqarishi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu orqali esa viloyatning eksport ko‘rsatkichlari uchun qo‘shimcha 10 million AQSH dollariga teng zaxira bazasi yaratish hamda 20 million AQSH dollariga teng qiymatda import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish, qolaversa, davlat byudjetiga 12 milliard so‘mlik qo‘shimcha tushumlar kiritish imkoniyati yaratilmoqda. Ajratilgan sarmoyaning 6,5 million AQSH dollari “Xalq banki” viloyat filialiga tegishli bo‘lib, 3 million AQSH dollari tadbirkorning shaxsiy mablag‘i hisoblanadi.  

Zarif Komilov,

Tohirjon Istatov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident qarori ijroda: aholi daromad manbai ortmoqda