«Prezident olimpiadasi»: Farg‘ona va Buxoro jamoalari chim ustida xokkeyda kuch sinashdi
Poytaxtimizdagi «Olimpiya shaharchasi»da «Prezident olimpiadasi» musobaqalari qizg‘in davom etmoqda. Sportchilar dzyudo, stol tennisi, voleybol va chim ustida xokkey bo‘yicha o‘zaro bellashmoqda.
Musobaqa doirasida chim ustida xokkey bo‘yicha qizlar o‘rtasida Farg‘ona va Buxoro viloyatlari terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
Uchrashuv qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. Har ikki jamoa vakillari maydonda o‘z mahoratlarini namoyish etib, g‘alaba uchun astoydil kurashdi. Qiziqarli kechgan bellashuv yakunida farg‘onalik qizlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
«Prezident olimpiadasi» yosh sportchilarning iqtidor va salohiyatini namoyon etishi, musobaqa tajribasini oshirishi hamda istiqbolli sportchilarni aniqlash va saralashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
[gallery-32230]
Musobaqalar davom etmoqda.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA