"Prezident olimpiadasi": boks, suziş va para sport turlarida ğoliblar aniqlandi
Poytaxtimizda "Prezident olimpiadasi" doirasidagi musobaqalar davom etmoqda. Navbatdagi musobaqa kunida boks, suziş, golbol, para taekvondo va para yengil atletika yönalişlarida bahslar taşkil etildi. Kun yakunida tört sport turi böyiça ğolib va sovrindorlar nomi maʼlum böldi.
Boks böyiça ötgan musobaqaning yigitlar örtasida 40, 43, 46, 49, 52, 55, 58, 61, 64 va 67 kilogramm vazn toifalarida ğoliblar aniqlandi. Xususan, Jizzax vakillari Fayozbek Noraliyev, Jasurbek Xayrullayev va Azizbek Abdunabiyev uçta vazn toifasida çempionlikka erişdi. Qizlar örtasida esa Sarvinoz Zoirova, Robiya Nurillayeva, Visola Baxtiyorova, Lola Bozorova, Zahroxon Töyçiyeva, Bahora Mahmudjonova, Sevinç Yusupova, Muqaddas Zokirova va Malika Uluğbekova öz vaznlarida birinçi örinni egalladi.
Suziş bahslarida ham bir qator natijalar qayd etildi. Yigitlar örtasida 200 metrga brass usulida Roman Petrovnin, erkin usulda esa Muhammadrizo Askabilov marraga birinçi bölib yetib keldi. Qizlar örtasida Bibimaryam Bobojonova, Muslima Komiljonova, Muslima Ruzvoyeva, Zakiyaxon Abduraşidova, Anna Dronova, Bernora Davlatova va Samina Latipova öz dasturlarida ğolib böldi.


Golbol böyiça jamoaviy bahslarda Qoraqalpoğiston Respublikasi jamoasi birinçi örinni egalladi. Sirdaryo va Qaşqadaryo vakillari keyingi poğonalardan joy oldi.
Para taekvondo musobaqalarida yigitlar örtasida Fayozbek Valijonov, Isomiddin Inomov va Şohjahon Ismonaliyev, qizlar örtasida esa Madina Musinova, Qizlarxon Isomiddinova va Karomat Rustamova öz vazn toifalarida oltin medalga sazovor böldi.
Para yengil atletikada 60 metrga yuguriş va uzunlikka sakraş dasturlarida T11, T36, T37 hamda T46/47 klassifikatsiyalari böyiça musobaqalar ötkazildi. Uşbu yönalişlarda Abbos Israfilov, Abdullo Abdurahimov, Asadbek Ölmasov, Umidjon Uroltoşev, Mahliyo Nasriddinova, Mubina Neʼmatova, Sevinçoy Utamuratova va Safina Zodayeva öz dasturlarida ğoliblikni qölga kiritdi.
Şu tariqa, “Prezident olimpiadasi”da yoş sportçilarning mahorati va imkoniyatlari yana bir bor namoyon böldi. Musobaqalar davom etmoqda.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA