Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Namangan temir yoʻl vokzalida amalga oshirilgan qurilish-rekonstruksiya ishlarini koʻzdan kechirdi.

Mahalliy aholi va xorijlik sayyohlarga temir yoʻl transporti xizmatini koʻrsatish sifati va samaradorligini oshirish maqsadida vokzalda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati, korxona oʻz mablagʻi va Oʻzmilliy bank kredit mablagʻlarini yoʻnaltirgan holda 24 milliard soʻmlik bunyodkorlik ishlari bajarildi.

Vokzaldagi kutish va komfort zallari, bufet, tibbiyot punkti, ona va bola xonasi, elektron maʼlumotlar markazi, kutubxona, milliy sovgʻalar, gazeta-jurnallar shoxobchasi, yuklarni vaqtinchalik saqlash xizmati kabi barcha boʻlimlar zamonaviy andozalarda tashkil etildi. Bundan tashqari, majmuaga qoʻshimcha ravishda oʻttiz uch oʻrinli mehmonxona qurib bitkazildi.

Ushbu ishlar natijasida Namangan temir yoʻl vokzali zamonaviy qiyofa kasb etib, bir vaqtning oʻzida 250 nafar, sutkasiga 2,5 ming nafar yoʻlovchiga zamonaviy xizmat koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻldi.

Vokzal Fargʻona vodiysi xalqa temir yoʻli boʻylab tezkor elektropoyezdlar qatnovida vodiy shaharlari va mamlakatimizning boshqa hududlari bilan transport bogʻlanishida muhim boʻgʻin boʻlib xizmat qiladi.

Shu bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Namangan viloyatiga tashrifi yakunlandi. Davlatimiz rahbari Toshkentga joʻnab ketdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident Namangan temir yoʻl vokzali bilan tanishdi
Сиёсат
18:15 / 27:06:2020