Bugun mamlakatimizdagi Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi - saralash bosqichi o‘tkazildi.

2025/2026 o‘quv yili uchun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi, 2 ta sport maktabi, 204 ta ixtisoslashtirilgan maktablar hamda Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktabiga hujjatlar qabul qilindi. 

Agentlikda o‘quvchilar qabuli jarayoni monitoringini yuritish hamda muvofiqlashtirish uchun malakali mutaxassislardan iborat shtab tashkil etildi. Hujjatlarni onlayn shaklda qabul qilish, o‘quvchilar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish uchun Agentlik tizimidagi barcha maktablarda Murojaatlar markazining har kuni soat 9:00 dan 18:00 gacha ishlashi ta’minlandi. Shuningdek, murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Qolaversa, joriy yildan boshlab doimiy ravishda murojaatchilarning savollariga javob berish uchun maxsus telegram chatbot ham ishga tushirildi. 

[gallery-24172]

Hozirga qadar 1206 qisqa raqam orqali call-markazga 82 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi. Telegram botdan esa 25 mingdan ziyod savolga javob berildi. Agentlik tizimidagi maktablarda tashkil etilgan Murojaatlar markazi orqali hujjatlar qabuli davrida 100 mingdan ortiq talabgorga amaliy yordam berildi. 

Mazkur maktablarga 2025/2026 o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli iyun oyida onlayn shaklda my.gov.uz yoki ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshirildi.

Prezident maktablariga 49 ming 924 ta hujjat kelib tushgan bo‘lib, bu bir o‘ringa o‘rtacha hisobda 148 nafar talabgor to‘g‘ri kelayotganini bildiradi.

Prezident maktablarining 5-sinfiga belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida 336 nafar, ijod maktablarining 7-sinfiga 440 nafar hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga 13 mingdan ortiq o‘quvchi qabul qilinadi. 

4-sinfni tamomlagan o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida hududidagi Prezident maktabi, ixtisoslashtirilgan maktab va Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 5-sinfiga alohida hujjat topshirish imkoniga ega bo‘ldi. 

6-sinfni tamomlagan o‘quvchilar esa o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktabning tabiiy fanlar yo‘nalishiga, Toshkent shahridagi Mirzo Ulug‘bek yoki Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7-sinfiga ham alohida hujjat topshirdi. 

Ta’kidlash kerak, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning filiallari soni bugunga kelib, 8 taga yetdi. Jumladan, Nukus, Andijon, Buxoro, Farg‘ona, Guliston, Jizzax, Samarqand hamda Urganch shaharlarida mazkur maktab filiallari tashkil etildi. Bunday maktablar kelgusi yillarda bosqichma-bosqich barcha hududlarda tashkil etilishi rejalashtirilgan. Qolaversa, Toshkent viloyatining Chinoz tumanida Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab filiali tashkil etildi. Kelgusida bunday filiallar boshqa hududlarda ham ish boshlaydi. 

Shuningdek, Andijon viloyatining Buloqboshi, Jalaquduq, Paxtaobod, Qashqadaryo viloyatining G‘uzor Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, Xorazm viloyatining Gurlan, Urganch, Bog‘ot tumanlari, Farg‘ona viloyatining Farg‘ona va Quvasoy tuman va shaharlarida ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi.

Shu bilan birga, Toshkent shahrida Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktabi ham o‘z faoliyatini boshlaydi. Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish kerak, Agentlik tizimidagi maktablarga kirish imtihonlari iyul hamda avgust oylarida bo‘lib o‘tadi. Imtihon bo‘ladigan kun, manzil va vaqti haqida Agentlikning rasmiy sahifalarida e’lon berib boriladi. 

Kamola Yusupova, 

Nosirjon Haydarov (surat), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident maktabida o‘qish istagidagi talabgorlar saralandi