Prezident maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi Prezident maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jӯqorg‘i Kengesi qӯmita raisi D.Qurbaniyazov, Prezident maktabi direktori N.Boltaboyeva, chet ellik o‘qituvchilar sӯzga chiqib, yig‘ilganlarni yangi ӯquv yilining boshlanishi bilan qutladi.
Ta’kidlanganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 2018 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifi chog‘ida Prezident maktablarini tashkil etish va uni Nukus shahridan boshlash haqidagi taklifni ilgari surgan edi. Ӯtgan o‘quv yilida Prezident maktabini 24 nafar o‘quvchi bitirgan bo‘lsa, ularning deyarli barchasi AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Shveysariya, Birlashgan Arab Amirliklari, Vengriya, Avstraliya va boshqa davlatlarning nufuzli oliy o‘quv yurtlariga kirish baxtiga muyassar bo‘ldi.
2021-2022 o‘quv yili uchun 5-6 sinflarga jami 5381 o‘quvchi-yoshdan ariza kelib tushgan bo‘lsa, 5240 hujjat komissiya tomonidan qabul qilindi. Shundan 5-6-sinflarning har biriga 24 nafar ӯquvchi qabul qilindi.
– Chimboy tumanidan Prezident maktabiga yuqori ball bilan qabul qilindim, – deydi Jaqsiliq Jumaboyev. – Bu yerda ӯquvchilar uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Kelajakda xorijning nufuzli oliy o‘quv yurtlariga kirib, ota-onam hamda ustozlarimning ishonchini oqlashga harakat qilaman.
Prezident maktabida dastlabki darslar boshlandi.
[gallery-4087]
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA