Poytaxtimizda shaxmat bo‘yicha davom etayotgan “Prezident kubogi-2024” musobaqalarining 2-tur o‘yinlari ortda qolgan vaziyatda turnirning “A” guruhida ikkinchi raqamli shaxmatchi sifatida tasniflangan eronlik Parham Magsudluni mag‘lub etgan hamyurtimiz Ortiq Ne’matov 2 ochko bilan qo‘shimcha ko‘rsatkichlar evaziga yetakchiga aylanib oldi.

Xuddi shuningdek, 2-tur o‘yinlarida hindistonlik Saxib Singxni yenggan Nodirbek Abdusattorov, xitoylik Vey Chao Chuni dog‘da qoldirgan Javohir Sindorov, qozog‘istonlik Alua Nurmandan ustun kelgan Muhiddin Madaminov ham 2 ochko bilan yuz foizlik imkoniyatga ega bo‘lgan holda musobaqadagi ishtirokini davom ettirmoqda.

Aytish lozim, mamlakatimizning mahoratli shaxmatchilari 2022 yil Butunjahon shaxmat olimpiadasi g‘olibligiga erishishi asnosida “Prezident kubogi” musobaqasining qamrovi yildan yilga kengayib bormoqda.

Bugungi kunda Osiyo qit’asining eng nufuzli turniri maqomiga ko‘tarilgan mazkur musobaqaning o‘tgan yilgi qatnashchilari ro‘yxatiga nazar tashlansa, unda 62 nafar ishtirokchi qatnashib, ularning 19 nafarigina grossmeysterlik unvoniga ega bo‘lgan edi.

Bu galgi Toshkent bahslarida ishtirokchilar qamrovining ortishi natijasida musobaqalar “A” va V” guruhlarida o‘tkazilmoqda.

Musobaqalarning har ikki guruhida umumiy hisobda 250 nafardan ziyod shaxmatchi qatnashmoqda. Birgina Hindiston Toshkent musobaqalariga 50 nafar ishtirokchi bilan kelgani, Xitoy, AQSH, Qozog‘iston, Eron, Tojikiston, Qirg‘iz Respublikasi, Turkmaniston, Ozarbayjon va Vetnam davlatlaridan mahoratli shaxmatchilar ishtirok etayotgani 64 katakdagi 9 kunlik bahslar har jihatdan qiziqarli kechishini anglatmoqda.

“Prezident kubogi-2024”ning “A” guruhida 120 nafar kuchli shaxmatchilar qatnashayotgani esa bosh sovrin uchun kurashning murosasiz kechishi bilan birga, turnirning mavqei nechog‘li yuksalganidan dalolat.

Bugun, 23 noyabr kuni “Prezident kubogi-2024”ning 3-turi doirasida “A” guruhida peshqadamlik qilayotgan Ortiq Ne’matov qora donalarda hindistonlik Pranish bilan, Nodirbek Abdusattorov qora donalarda umidli shaxmatchimiz Muhiddin Madaminov bilan, Javohir Sindorov oq donalarda FIDE bayrog‘i ostida harakatlanayotgan Mixail Nikitenko bilan kuch sinashadi.

Turnirning “V” guruhida ham o‘yinlar qiziqarli o‘tayotgani natijalarda aks etyapti. 132 nafar shaxmatchi qatnashayotgan ushbu guruhda 29 nafar shaxmatchi 2 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan vaziyatda hamyurtlarimiz Behruz Qudratov, Mumtozbegim Mansurova, Sa’dulla Azizov, Umarxon Faxriddinxo‘jayev, Behruz Umarov qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra kuchli oltilikda bormoqda.

Ta’kidlash lozimki, umumiy mukofot jamg‘armasi 75 ming AQSH dollaridan iborat turnirning bosh sovrini, ya’ni 25 ming AQSH dollari “A” guruhida 1-o‘rinni egallagan shaxmatchiga taqdim etiladi. Sovrin jamg‘armasining qolgan qismi har ikki guruhda kuchlilar qatoridan joy olganlar o‘rtasida taqsimlanadi. Bu safargi musobaqada kimga “Prezident kubogi” bosh sovrini nasib etadi? 3-tur ostonasidagi ko‘rinish go‘yoki hammasi risoladagidek kechayotgandek.  

Lekin oldinda 7 ta turning shiddatli bahslari borligini nazarda tutsak, asosiy kurashlar hali oldinda ekani oydinlashadi. Muhimi, dunyo shaxmat ishqibozlari 29 noyabrga qadar Toshkent bellashuvlari orqali “aql gimnastikasi”ning betakror jozibasidan bahramand bo‘ladi.

To‘lqin Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Prezident kubogi-2024”: Toshkent dunyoga shaxmatning betakror jozibasini tortiq etmoqda