Prezident Islom Karimov Turkmanistonga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 23-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 23-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan Turkmanistonga jo‘nab ketdi.
Oliy darajadagi uchrashuvlar chog‘ida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga doir masalalar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga ega dolzarb muammolar muhokama etiladi.
Tashrif yakunlari bo‘yicha davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi va turli sohalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga oid qator hujjatlar imzolanishi ko‘zda tutilgan.