Dunyo ta’lim sohasi jiddiy sinov qarshisida turibdi. YUNESKOning ma’lumotlariga ko‘ra, 2030 yilga kelib, jahon bo‘yicha 44 million nafar yangi o‘qituvchiga ehtiyoj seziladi. Bu — global miqyosdagi jiddiy muammo. Shu bilan birga, BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarida ta’lim sifatini oshirish va uni hamma uchun birdek ta’minlash vazifasi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan. Demak, ta’lim masalasi nafaqat har bir mamlakatning ichki siyosati, balki butun jahon hamjamiyatining diqqat markazida turibdi. Bunday sharoitda, ta’lim sohasiga investitsiya kiritish, o‘qituvchilarning maqomini ko‘tarish va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash — eng muhim vazifalardan biriga aylanadi.

Yangi O‘zbekistonda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ta’lim sohasini tubdan isloh qilish va uni zamon talablariga moslashtirish bo‘yicha katta ishlar olib borilmoqda. Mamlakatimizda ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning maqomini ko‘tarish va yosh avlodga zamonaviy bilim berishga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Prezidentimizning shaxsiy tashabbusi va rahbarligi ostida ta’lim sohasida ulkan o‘zgarishlar yuz bermoqda.

Chunonchi, so‘nggi 7 yilda maktabgacha va maktab ta’limiga ajratilgan mablag‘ 7 barobarga ko‘payib, joriy yilda 60 trillion so‘mga yetdi. Tasavvur qilyapsizmi, bu qanchalik katta raqam? Buning natijasida maktablarda 1 millionga yaqin, bog‘chalarda esa 1,5 million yangi o‘rin yaratildi.

O‘qituvchilarning mehnati munosib qadrlanyapti: malakasi, til bilish darajasi, yangi baholash tizimi va fan olimpiadalaridagi natijalariga qarab, 10 dan ortiq ustamalar joriy etildi. Natijada 60 ming nafar o‘qituvchi 8-12 million so‘m maosh olyapti. Bog‘cha tarbiyachilarining oyligi ham 65 foizga oshirilib, maktab o‘qituvchilarinikiga tenglashtirildi. Yangi o‘quv yilidan esa maktab direktorlari, ularning o‘rinbosarlari va bog‘cha mudiralarining oyligi 7-10 million so‘mdan oshadi.

Joriy yil 15 may kuni Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi maktab ta’limidagi islohotlarning yangi ufqlarini ochib berdi. Yig‘ilishda davlatimiz rahbari har qanday mamlakatning taraqqiyoti sog‘lom va bilimli avlodga bog‘liq ekanini yana bir bor ta’kidlab, Yangi O‘zbekistonni barpo etishdek ulug‘ maqsad yo‘lida sog‘lom, bilimli, teran fikrli va vatanparvar yoshlarni tarbiyalash uchun barcha sharoitlarni yaratish zarurligini qayd etdi.

Yig‘ilish davomida maktab ta’limining har bir jihati chuqur tahlil qilinib, eng muhim vazifalar belgilab olindi. Prezidentimiz maktab ta’limini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadigan innovatsion tashabbuslarni ilgari surdi. Bu tashabbuslar ta’lim jarayonini zamonaviy talablarga moslashtirish, o‘qituvchilarning malakasini oshirish, o‘quvchilarni rag‘batlantirish va maktablarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga qaratilgan.

Yangi O‘zbekiston professor-o‘qituvchilari uchun dunyoning eng yaxshi universitetlari eshiklari ochilmoqda. Kelgusi uch yilda ular “TOP-100” talikka kiruvchi universitetlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnoma asosida malaka oshirishlari mumkin. Bu — pedagog kadrlarning tajribasini oshirish, ta’lim sohasidagi eng ilg‘or metodika va innovatsiyalarni o‘zlashtirish uchun ajoyib imkoniyat.

Xorijiy til sertifikatiga ega bo‘lgan o‘qituvchilar esa rivojlangan davlatlarda malaka oshirib, ilg‘or o‘quv dasturlari va ta’lim texnologiyalarini O‘zbekiston ta’lim tizimiga olib kirish imkoniga ega bo‘ladilar. Ushbu islohotlar ta’lim sohasidagi global tajribani mamlakatimizga olib kirish va uni rivojlantirish uchun muhim qadamdir.

Prezidentimiz 2025 yil 15 maydagi “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagani ham aynan shu maqsadlarga yo‘naltirilgani bilan alohida ahamiyatga ega. Ushbu Farmon yoshlarimizning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni zamonaviy bilimlar bilan qurollantirish va mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan kadrlar qilib tarbiyalashga qaratilgan.

Tasavvur qiling, bu tashabbus orqali qanchadan-qancha yoshlar o‘z salohiyatini to‘liq namoyon eta oladi! Ular eng zamonaviy bilimlarni egallab, mamlakatimizning kelajagi uchun muhim qarorlar qabul qiladigan, yangi g‘oyalar yaratadigan insonlar bo‘lib yetishadi. “Prezident iqtidorli farzandlari” — bu nafaqat ta’lim sohasidagi islohot, balki butun mamlakatimizning kelajagi uchun qo‘yilgan muhim poydevor, deyish mumkin.

Endilikda yurtimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Milliy dastur ishga tushadi. Bu dastur doirasida har bir hududdan eng iqtidorli o‘quvchilar saralab olinib, jami 1500 nafargacha kvota ajratiladi. “Yorqin iste’dod” loyihasi esa 9-sinf o‘quvchilarini o‘z doirasiga oladi. Bu o‘quvchilar Agentlik tizimidagi maktablarning eng tajribali maslahatchilariga biriktiriladi. Ular maxsus onlayn platforma orqali 10–11-sinflarda qo‘shimcha o‘qishlar tashkil etilib, o‘z bilimlarini yanada chuqurlashtirish va kelajakdagi oliygohlarga kirishga puxta tayyorgarlik ko‘rish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu — har bir iqtidorli yoshning o‘z salohiyatini to‘liq ro‘yobga chiqarishi uchun berilgan imkoniyatdir.

Milliy dastur ishtirokchilarini nimalar kutmoqda? Ular uchun Agentlikning “Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida dunyoning eng zo‘r oliygohlarining qabul talablari asosida qisqa muddatli, ammo juda samarali o‘quv kurslari tashkil etiladi.

Bu yozgi maktablar nafaqat bilim beradi, balki o‘quvchilarning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantiradi, jamoada ishlash qobiliyatini shakllantiradi va o‘z tengdoshlari bilan tajriba almashish imkonini yaratadi. Bunday tadbirlar o‘quvchilarni xalqaro ta’lim standartlariga tayyorlash va ularning jahon miqyosidagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi. Demak, “Renessans”da o‘tkazilgan har bir kun — kelajakka qo‘yilgan muhim qadam!

Farmonda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tasarrufida akademik va moliyaviy mustaqillikka ega Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat tashkil etilishi belgilandi. Ahamiyatlisi, bu maktab nafaqat akademik, balki moliyaviy jihatdan ham mustaqil bo‘ladi. Chunonchi, maktab faoliyatini boshqarish uchun ikkita direktor — o‘quv jarayoniga mas’ul akademik direktor va ma’muriy-moliyaviy ishlarga javobgar ijrochi direktor birgalikda ishlaydi.

2025/2026 o‘quv yilidan boshlab o‘z faoliyatini boshlaydigan maktabda har 8–15 nafar o‘quvchiga alohida maslahatchi biriktiriladi. Ingliz tilidan tashqari yana bir xorijiy til o‘rgatiladi. O‘quvchilarning ilmiy-tadqiqot, startap va ijtimoiy loyihalarga yo‘naltirilgan portfoliosi shakllantiriladi. Eng muhimi, bitiruvchilarga davlat shahodatnomasi bilan birga yetakchi xorijiy oliygohlarga kirish imkonini beruvchi International Baccalaureate diplomi ham beriladi. Bu — jahon miqyosida tan olinadigan ta’lim olish imkoniyati degani!

Yoshlarimiz uchun yana bir ajoyib yangilik! 2027 yildan boshlab Al-Beruniy maktabining bitiruvchilari va “Milliy dastur” ishtirokchilari dunyoning eng zo‘r (Top-100) universitetlarida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Har yili buning uchun 200 ta kvota ajratiladi. Kvotalar taqsimlanishida ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga va grant asosida o‘qishga qabul qilinganlarga birinchi navbatda imkoniyat beriladi. Agar tanlab olinganlar soni 200 tadan kam bo‘lsa, qolgan joylar boshqa nomzodlarga avtomatik tarzda beriladi. Agar talabgorlar soni 200 tadan oshib ketsa, ularning ichidan eng munosiblari tanlov asosida saralab olinadi. 

“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi — bu shunchaki loyiha emas, balki Prezidentimizning yoshlarga bo‘lgan cheksiz ishonchi va kelajakka yo‘naltirilgan siyosatining yorqin misolidir. Yangi Konstitutsiyamizda ta’lim va yoshlar huquqlari kafolatlangan bo‘lib, bu tashabbuslarni ana shu huquqlarning hayotdagi real ifodasi, deyish mumkin. 

Muxtasar aytganda, bularning barchasi — Yangi O‘zbekistonning kelajagi uchun qo‘yilgan muhim qadamlar.

Sobir TURSUNOV, 

pedagogika fanlari doktori, professor.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusi — kelajakka yo‘naltirilgan siyosatdir