Prezident boshqa davlat fuqaroligidan voz kechdi
Iroq Prezidenti Barham Solih britan fuqaroligidan voz kechdi.
Iroq Prezidenti Barham Solih britan fuqaroligidan voz kechdi. Uning maʼmuriyati xabariga koʻra, mamlakat Konstitutsiyasiga koʻra, davlat rahbari boshqa davlat fuqarosi boʻlishi mumkin emasligi tufayli prezident shu qarorga kelgan.
“U muxolifatda yurgan paytida fuqarolik berib, qoʻllab-quvvatlagani uchun birlashgan qirollikka oʻz minnatdorchiligini bildiradi”, deyiladi maʼlumotda.
Eslatib oʻtamiz, Barham Solih 2018 yil oktyabrda parlament tomonidan Iroq Prezidenti etib saylangan, bungacha u Iroq Kurdistoni hukumati rahbari boʻlgan.