Xorazmning Zamonaviy tashrif qog‘oziga aylanishi aytilayotgan “Arda Hiva” sayyohlik maskanining tantanali ochilish marosimi o‘tkazildi.
Bugun Xiva shahriga kirib kelgan kishi borki, bu ulkan majmuani ko‘radi. Bu qisqa davr – bir yilda qurilgan go‘zal maskan.
U o‘zida tarix va bugunni uyg‘unlashtirgan me’moriy yechimi bilan noyob loyiha sanaladi.
Prezident Xorazm viloyatiga tashrifi chog‘ida ushbu turizm kompleksi bilan tanishdi va yoshlar bilan uchrashib, muloqot qildi.
Tadbirda viloyatdagi faol yoshlar, jumladan, o‘quv markazlari rahbari, yoshlar yetakchilari va talabalar ishtirok etdi. Ular o‘z taklif va tashabbuslari, fiklarini bildirdi.
Uchrashuvdan so‘ng bu yoshlar O‘zA muxbiriga intervyu berdi. Video lavhani “YouTube”da tomosha qilishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/ahwqNhzsaFE" title="Prezident bilan uchrashgan yoshlardan eksklyuziv intervyu" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz Xudoyberdiyev, Anvarxo‘ja Ahmedov (video), O‘zA