Xorazmda yangi ochilgan noyob majmua, “Arda Xiva”ga kecha Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrif buyurdi. Ushbu turizm kompleksida muhim va yodda qolarli voqealar ko‘p bo‘ldi. Ulardan biri – davlatimiz rahbarining xorazmlik yoshlar bilan samimiy muloqoti.

Uchrashuvda yoshlarning o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, orzu-intilishlari haqida fikr almashildi, kelgusi rejalari tinglandi. Ilg‘or tashabbuslar qo‘llab-quvvatlandi.   

Bu kun ushbu uchrashuvda so‘zga chiqqan Shahzoda Kamolovaning bir umr yodida qolishi shubhasiz. U xorazmlik ilg‘or va izlanuvchan yoshlardan biri. Urganch shahridagi 3-maktabning o‘quvchisi. Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori.   

Uchrashuvda u yangi tashkil etilayotgan Al-Xorazmiy universitetiga qabul qilinganligi ma’lum qilindi. Shahzoda endi 2025-2026 o‘quv yilidan boshlab to‘liq grant asosida ushbu universitetda o‘qishini davom ettiradi.   

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarovaning xabar berishicha, Xiva shahridagi Prezident maktabida Shahzoda Kamolova hamda uning onasi bilan uchrashuv bo‘lgan.   

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 30 apreldagi “Al-Xorazmiy universitetini tashkil etish hamda axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.   

Ushbu hujjatga ko‘ra, muhandislik va IT sohasida kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan yangi universitet tashkil etilmoqda.   

Matematika, aerokosmik texnologiyalar, muhandislik, IT va sun’iy intellekt sohalari uchun zamonaviy bilim va malakaga ega oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash ta’lim dargohining asosiy faoliyat yo‘nalishlari etib  belgilandi.   

Ikrom AVVALBOEV, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Prezident bilan muloqotdan so‘ng xorazmlik qiz Al-Xorazmiy universitetining ilk talabasi bo‘ldi