Prezident Administratsiyasida tayinlovlar amalga oshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq Axmedov Jahongir Odilxo‘jayevich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi ijodiy tashkilotlar va kinematografiya sohasini rivojlantirish sho‘’basi yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi.
Ushbu tayinlovga qadar O‘zbekiston Davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti hamda “Ezgu-film” kinostudiyasi bosh rejissyori lavozimlarida ishlab kelgan.
U rejissyor sifatida “Islomxo‘ja”, “Ilhaq” kabi tarixiy filmlarni suratga olgan.

***
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishiga muvofiq Davletova Nozimaxon Eldarovna O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Ushbu tayinlovga qadar N.Davletova Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi lavozimida ishlab kelgan.

O‘zA