Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 1-sinf o‘quvchilariga beriladigan “Prezident sovg‘alari”ni hududlarga jo‘natish va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi.

Unda tadbir ishtirokchilari “Prezident sovg‘alari”ni joylarga yuborish va qabul qilish, Toshkent shahridagi 126-maktab va 204-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi misolida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari bilan tanishtirildi.  

2024-2025 o‘quv yilida 10 ming 182 ta maktabda 525 mingdan ortiq o‘qituvchi 6,5 million nafardan ortiq o‘quvchiga ta’lim-tarbiya berishi kutilmoqda. Yangi o‘quv yilida 719 ming 366 nafar maktab yoshidagi bola 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.  

“Ta’minot va logistika xizmati” korxonasi tomonidan 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar uchun beriladigan 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” 10 avgustga qadar hududlarga, 20 avgustga qadar esa qabul qilingan o‘quvchilar soniga mos ravishda barcha maktablarga to‘liq yetkaziladi.  

Ushbu 12 nomdagi o‘quv qurollari — portfel, daftar, rasm daftari, akvarel bo‘yoqlari, rangli qog‘oz, qalamdon, sharikli ruchka, rangli qalam, oddiy qalam, plastilin, yelim, o‘chirg‘ich to‘plamidan iborat.  

 1-sinfga qabul qilingan bolalarni o‘z vaqtida va to‘liq “Prezident sovg‘asi” bilan ta’minlash maqsadida har bir qabul qilingan o‘quvchi elektron tizimga (adm.maktab.uz) kiritib borilmoqda.  

Press-tur davomida ta’kidlanganidek, yangi o‘quv yilida asosiy e’tibor sifatli ta’limni ta’minlashga qaratiladi.  

Shu maqsadda 2023/2024 o‘quv yilida Prezident va ixtisoslashgan maktablarning o‘qitish va baholash tizimi respublikadagi 500 ta maktabda tajriba-sinovdan o‘tkazilib, ijobiy natijalarga erishilgan edi. Mazkur tajriba yangi o‘quv yilidan yana qo‘shimcha 1 000 ta maktabda joriy etiladi.  

Shuningdek, o‘tgan o‘quv yilida maktablarga 500 nafar xorijlik mutaxassis umumta’lim maktablariga jalb etilib, o‘quvchilarga xorijiy  tillarni o‘qitishda samarali natijalarga erishildi. Bu jarayon yangi o‘quv yilida ham davom ettiriladi. Keyingi o‘quv yilidan pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish uchun “Kasbiy rivojlantirish kuni” va “Kasbiy rivojlantirish soati” joriy etiladi.    

2024 yilda davlat dasturi asosida 608 ta (30 ta yangi maktab qurish, 518 tasini rekonstruksiya qilish va 60 tasini mukammal ta’mirlash) maktabda qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi natijasida 180 mingdan ortiq yangi o‘quvchi o‘rinlari yaratiladi. Shuningdek, 95 ta yangi sport zali binolari quriladi.  

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi ham alohida ta’kidlab o‘tildi. 2024/2025 o‘quv yilida 37 ming 548 ta (6867 ta davlat, 835 ta nodavlat, 1462 ta DXSH va 28 ming 384 ta oilaviy) maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 2,3 million nafardan ortiq (74,6 foiz) 3-7 yoshli bolalar qamrab olinadi.  

Yil yakuniga qadar maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasini 76 foizga, 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlov tizimi bilan qamrab olish ko‘rsatkichini 96 foizga yetkazish belgilangan.  

Chilonzor tumani 126-maktab 1 ming 50 o‘quvchi o‘rniga ega bo‘lib,  yangi o‘quv yilida 1 ming 900 nafardan ortiq o‘quvchi ta’limni davom ettiradi. Maktab yangi o‘quv yiliga to‘liq tayyorlangan.    

Maktabda 58 ta o‘quv xonasi, 3 ta kompyuter xonasi, 3 ta laboratoriya va 8 ta xorijiy til xonasi, kutubxona, faollar (170 o‘rin) va sport zallari, oshxona (120 o‘rin) mavjud. 2024 yilda 175 nafar bolaning 1-sinfga kelishi kutilmoqda. O‘quv maskanida 117 nafar pedagog faoliyat yuritadi, ularning 30 nafari oliy va birinchi malaka toifasiga ega.  

Maktabda sifatli ta’limni ta’minlash maqsadida pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, sifat tarkibini yaxshilash borasida alohida ishlar olib borilmoqda. Xususan, toifali o‘qituvchilar soni 14 nafarga ortdi. 17 nafar o‘qituvchi milliy va xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritgan.  

Chilonzor tumani 204-maktabga ta’lim tashkiloti 840 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotida 740 nafar (o‘g‘il bolalar – 338 nafar, qizlar – 402 nafar) bolalarga 44 nafar pedagoglar tarbiya bermoqda. 2024-2025 o‘quv yilda 98 nafar bolalar qamrab olinishi rejalashtirilmoqda.  

Tarbiyalanuvchilar faoliyat markazlarida amaliy tadqiqotlarni olib borishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan, ularga chuqurlashtirilgan ekologik ta’lim-tarbiya beriladi.  

Shuningdek, bolalar o‘zlari uchun yaratgan “Jajji bog‘bon” yo‘lagida o‘simliklarni asrash, ularni parvarish qilish, ularga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishni o‘rganadilar, tabiatga bo‘lgan mehr-muhabbat tuyg‘usini mustahkamlab boradilar.  

Press-tur davomida jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob oldi. 

N.Usmonova,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Press-tur: Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ishlari bilan tanishildi