Poytaxtlik yoshlar taqdirlandi
Toshkent shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi shahar boshqarmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan 15 noyabrdan 15 dekabrga qadar “Toshkent yoshlarni sevadi!” shiori ostida yoshlar oyligi o‘tkazilmoqda.
Ushbu oylik doirasida yoshlarning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug‘ullanishi, bu orqali ularni sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish, zararli odatlardan voz kechishini ta’minlash hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish maqsadida sportning futzal, stol tennisi, voleybol hamda bouling turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilgan edi.

Mazkur musobaqalarda g‘olib bo‘lgan yoshlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tadbir doirasida taniqli san’atkorlar ishtirokida unutilmas va takrorlanmas konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.


Shundan so‘ng musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.
Eslatib o‘tamiz, sport musobaqalarining futzal va qizlar o‘rtasidagi voleybol bahslarida “Turon” jamoasi, buolingda “TDIU” jamoasi, stol tennisi bo‘yicha bahslarda Ye.Poligoyev va G.Orifboyev g‘olib bo‘ldi.
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA