Poytaxtimizda yangi bog‘cha ish boshladi
2024-yil — "Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili"ning boshida Toshkent shahrida yosh tadbirkor D. Nazirova rahbarligida 100 o‘ringa mo‘ljallangan maktabgacha ta’lim tashkiloti ish boshladi.
Ochilish marosimida Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasining boshlig‘i Nodira Umarova ishtirok etib, yosh tadbirkorga taklif va tavsiyalar berib o‘tdi.

Tadbirda qayd etilganidek, bog‘cha joylashgan mahallada istiqomat qiluvchi kam ta’minlangan oilalarning 10 nafar farzandi ushbu tashkilotga bepul qatnaydigan bo‘ldi.
Shuningdek, bolalar bog‘chasi ochilishi sharofati bilan “Ayollar” va “Temir daftar”da turuvchi 15 nafar opa-singillarimizning doimiy bandligi ta’minlandi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA