Imkoniyati cheklangan insonlarga cheksiz qulayliklar. Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida faoliyat boshlagan va ikkinchi bor o‘tkazilayotgan “Inson uchun” nomli respublika ko‘rgazmasi bir qarashda yirik sanoat namoyishlaridan qolishmaydi. Unda nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar shunchalik xilma-xil va rang-barangki bir qarashdayoq ushbu yo‘nalishdagi iqtisodiy sektor, sanoat ishlab chiqarishida har bir jabhada faollik seziladi. 

Muhimi imkoniyati cheklangan fuqarolarga davlat tomonidan yaratib berilayotgan keng imtiyozlar samara berayotganini yaqqol ko‘rish mumkin. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi hamda qator tashkilotlar tomonidan ushbu tadbirning yuqori darajada o‘tkazish uchun alohida e’tibor qaratildi. Maqsad nogironligi bo‘lgan shaxslarning mehnat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarga olib chiqish hamda moliyaviy imkoniyatlarini kengaytirishdan iboratdir. 

Ko‘rgazmada 150 nafarga yaqin tadbirkor, shu jumladan, 14 nafar nogironligi bo‘lgan hunarmand ishtirok etmoqda. Ular tomonidan mebel, to‘qimachilik, poyabzal, sport jihozlari, oziq-ovqat, maishiy texnika, poligrafiya va boshqa turdagi mahsulotlar keng namoyish qilindi. 

O‘z navbatida mazkur tadbirlar orqali ham tashrif buyuruvchilar nogironligi bo‘lgan shaxslarni ish bilan ta’minlovchi korxona va tashkilotlar uchun davlat tomonidan qanday imtiyoz va qulayliklar  yaratib berilganini bilib olishmoqda. Ishlab chiqarish korxonalari shu yerning o‘zida qator shartnomalarni imzolab, o‘z biznesini kengaytirishlari uchun sheriklar topishyapti. 

Ko‘rgazma davomida inklyuziv ish beruvchilarni taqdirlash marosimi, “Inson uchun” hujjatli film premerasi, ijtimoiy loyihalar va yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikda inklyuziv tashabbuslar taqdimoti hamda mahorat darslarini o‘tkazish rejalashtirilgan. 
Namoyishlar 2 mayga qadar davom etadi. 

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/MT8MXVBqtOI" title="Poytaxtimizda “Inson uchun” respublika ko‘rgazmasi ish boshladi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Sanjar Toshpo‘latov, Javohir Toshxo‘jayev, Abror Sodiqov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtimizda “Inson uchun” respublika ko‘rgazmasi ish boshladi (+video)