Poytaxtimizda agrar sohada ko‘rgazmalar bo‘lib o‘tdi
Poytaxtimizdagi «O‘zekspomarkaz» milliy ko‘rgazmalar majmuasida 28-30 iyun kunlari “Uzbekistan Agrotech Expo-2021» respublika agrosanoat kompleksi uchun zamonaviy uskunalar va texnologiyalar XV Xalqaro ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma-savdosi, “Uzbekistan Agromash Expo-2021» IX Xalqaro ixtisoslashtirilgan qishloq xo‘jaligi texnikasi va mashinalari ko‘rgazmasi, shuningdek, “AgroExpo Uzbekistan 2021» ko‘rgazmalari tashkil etildi.
Ko‘rgazmalarda Turkiya, Germaniya, Italiya, Buyuk Britaniya, Ukraina, Rossiya, Estoniya, Vengriya va boshqa mamlakatlarning xorijiy kompaniyalari ishtirok etdi.
[gallery-2971]
Mamlakatimizda ilk bor gibrid formatda o‘tkazilgan mazkur ko‘rgazmada shuningdek, virtual.agroexpouzbekistan.com onlayn platformasi orqali mahsulotlar va ba’zi eksponentlarning yechimlari bilan oldindan tanishish va ko‘rgazma davomida uchrashuv belgilash imkoniyati ham yaratildi.
A’lo ABDULLAEV (surat), O‘zA