Toshkent shahrida elektr energiyasi ta’minotida so‘nggi paytlarda uzilishlar ko‘paygani aholining kundalik hayoti, ijtimoiy soha ob’ektlari va tadbirkorlik faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Aholi va tadbirkorlar tomonidan elektr ta’minotidagi 3-4 soatlik uzilishlar bo‘yicha ko‘plab murojaatlar bildirilmoqda. Ushbu uzilishlar nafaqat fuqarolarning kundalik turmush tarziga, balki tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ijtimoiy infratuzilma ob’ektlarining barqaror ishlashida ham muammolar yuzaga kelmoqda.

Xususan, svetoforlar faoliyatidagi uzilishlar transport harakatini tartibga solishda qiyinchilik tug‘dirmoqda, bu esa yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid solmoqda. Shuningdek, ishlab chiqarish va savdo ob’ektlarida sovitish tizimlarining ishdan chiqishi natijasida yirik moliyaviy zararlar yuzaga kelayotgani, xonadonlarda esa maishiy texnika vositalarining ishdan chiqishi holatlari aniqlanmoqda.

“Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi qonunning 39-moddasiga ko‘ra, elektr energiyasi iste’molchilari sifatli va barqaror elektr energiyasini olish huquqiga ega. Qonunning 61-moddasida ta’kidlanishicha, ta’minotni to‘xtatish yoki cheklash faqatgina baxtsiz hodisalarning oldini olish yoki avariyalarni bartaraf etish maqsadida amalga oshirilishi mumkin.

Shu munosabat bilan Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sayyora Abdukarimova tomonidan tegishli tushuntirishlar berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov nomiga senator so‘rovi yuborildi.

N.Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxtdagi elektr ta’minotidagi muammolar bo‘yicha energetika vaziriga senator so‘rovi yuborildi