Poytaxtdagi 12 ta maktabda darslar an’anaviy tarzda boshlanadi
Ertaga, 25 yanvardan isitish tizimlarida muammolari bartaraf etilgan va sinfxonalarda havo harorati me’yorida bo‘lgan quyidagi yana 12 ta umumta’lim maktabida uzluksiz ta’lim jarayonlari boshlanadi.
Bular Bektemir tumanidagi 347-sonli, Olmazor tumanidagi 1-sonli, Chilonzor tumanidagi 138-, 162-, 179-, 183-, 184-, 270-, 280-sonli maktablar va 4-sonli maktab-internati, Yangihayot tumanidagi 2-, 3-sonli maktablardir.
Bu haqda Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘zA