1 iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi "Lokomotiv" ko‘ngilochar bog‘ida "Bolalar himoyasi – mening nigohimda" mavzusida rasm chizish tanlovi tashkil etildi. Tadbir Ijtimoiy himoya milliy agentligi va YUNISEF hamkorligida o‘tkazildi.
Unda 100 nafardan ortiq bola ishtirok etib, o‘z ijodiy ishlari orqali jamiyatda bolalarning o‘rni va huquqlari haqidagi qarashlarini ifoda etdi. Har bir rasm — bu bolalarning qalb ovozi, ularning ichki dunyosi, hayotga bo‘lgan qarashi va himoya haqidagi tasavvuridir. Kimdir bu tushunchani mehribon ota-ona timsolida tasvirlasa, boshqalar uni maktab, do‘stlik, uy muhiti yoki tabiat manzaralari orqali ifoda etdi.








Tanlov yakunida barcha ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Sh.Mamaturopova, O‘zA