Poytaxt yana gullarga burkandi (+video)
Navbatdagi Toshkent gullar festivali 7−9-may kunlari O‘zbekiston Milliy kutubxonasi yonidagi maydonda bo‘lib o‘tmoqda.
An’anaga aylanib borayotgan "Gullar festivali"ning tashkil etilishidan maqsad jamiyat e’tiborini ekologik tarbiya, tabiatni muhofaza qilish, yoshlarda ekologik ongni shakllantirish va "yashil" iqtisodiyot tamoyillarini rivojlantirish masalalariga qaratishga yo‘naltirilgan. Shuningdek, poytaxtning madaniy va estetik salohiyatini namoyish qilish, shahar aholisi va mehmonlari uchun gulli kompozitsiyalar orqali bahor ruhini ulashish ham maqsad qilingan.
Bu tadbir nafaqat Toshkentning turistik salohiyatini oshirishda, balki jahon madaniyati va an’analarini namoyish qilishda ham muhim rol o‘ynaydi. Festivalning davomida taniqli san’atkorlar ishtirokida konsertlar, madaniyat markazlari hamda badiiy havaskorlik jamoalarining chiqishlari namoyish etiladi. Hunarmandlar yaratgan mahsulotlar ko‘rgazmalari ham yo‘lga qo‘yilgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/7TJd4o7k_Og" title="Poytaxt yana gullarga burkandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA