Dunyoda nonning 500 dan ortiq turi bor. Guruch, pecheni, makaronlar ham non gruppasiga kiradi. Uning tarkibida 6 foiz oqsil, 1.5 foiz yog‘, 45-50 foiz uglevod bor. 100 gramm non 450 kaloriya, ya’ni quvvatlanish beradi.

Tarkibida "B" vitamini bilan birgalikda kaliy, natriy, temir, xlor  moddalari bo‘ladi.  Bundan tashqari,  yetarli darajada uglevodlarni ta’minlaydi. Kraxmal va kletchatkalarga boy. Diyetologlarning fikricha, kattalar uchun bir kunda 300-350 gramm non iste’mol qilish me’yor hisoblanadi.

Aslini olganda 350 gramm vaznga ega bo‘lgan non bilan bir kunda qornimiz to‘yadi. Ammo biz ana o‘sha non iste’mol qilish qoidalariga rioya qilyapmizmi? Albatta yo‘q. Agar rostdan ham qornimizga keragini sotib olganimizda, bugun poytaxt chiqindixonalaridagi maxsus qutilar  toshdek qotib ketgan, mog‘orlagan nonlarga to‘lib ketmagan bo‘lardi.

Xo‘sh, poytaxt aholisi tomonidan bir kunda qancha nonlar chiqindixonalarga olib chiqiladi?
– Toshkent shahri bo‘yicha biz 606 ta chiqindi yig‘ish maydonchalariga xizmat ko‘rsatamiz, – deydi, Toshkent shahar maxsustrans ishlab chiqarish boshqarmasi maslahatchisi Ismoil Sag‘dullayev. – Ya’ni chiqindi yig‘ish shoxobchalarining 71 foizi bizga, qolgan 29 foizi esa xususiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga tegishli.

Shahar bo‘yicha  1000 ta chiqindi shoxobchasining har biridan kuniga  2-3 kilogrammdan jami  2  tonnaga yaqin non chiqindiga olib chiqib tashlanadi. Ishchilar bu nonlarning yaxshilarini mol-qo‘y boqadigan odamlarga berib yuborishadi. Mog‘orlaganlarini esa ariqqa oqizishga majbur bo‘lishadi.

Ismoil Sag‘dullayev nonni bunchalar uvol bo‘lishiga faqatgina to‘qlikka sho‘xlik hamda noshukrlik sabab bo‘layotganida deb bilishini aytdi.

Poytaxtimizdagi ko‘p qavatli uylar atrofida joylashgan chiqindixonalarni kuzatish jarayonida qutilarda uvol bo‘lib yotgan nonlarni ko‘rib, rosti shunchalar nonko‘rlikka borayotganimizga afsuslanib ketdik.

<iframe width="1920" height="937" src="https://www.youtube.com/embed/AxDVknEFH3U" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Izohga hojat yo‘q, deganlaridek, quyidagi videohavola orqali lavhalarimizni kuzatib, o‘zingiz xulosa chiqarib olasiz, degan umiddamiz. 
Zero, bu mavzuda qancha ko‘p va xo‘p gapirsak, shuncha oz.  Chiqindixonalardan tayyorlangan lavhalar barchamizni ozroq bo‘lsa-da, hushyor torttirsa, rizqu ro‘zimiz bo‘lmish nonga bo‘lgan hurmatimizni oshirsa, degan umiddamiz.

Nigora Rahmonova, Yoqub Meliboyev (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxt aholisi tomonidan chiqindixonalarga bir kunda qancha non olib chiqilmoqda?