“Toshkent” xalqaro aeroportida ilk mehmonxona ochildi. Mehmonxona majmuasi uchish terminalining kutish hududida joylashgan. U 2 qavatli, 24 ta kichik xonalardan iborat. 

“Uzbekistan Airports” ma’lumotlariga ko‘ra, majmuaning birinchi qavatida sanuzel va dush xonalari, resepshn xizmati va ma’lumotlar tablosi joylashgan. Har bir nomerda samolyotga chiqish boshlanganidan xabar beruvchi individual tizim mavjud.  Mini-xonalar kichik shinam kabinalar kabi sifatli bir kishilik krovat va minimal moslashtirilgan to‘plamlar –shamchiroq, ko‘zgu, kiyimlar uchun ilgak, qo‘l yuki uchun javon va stol bilan jihozlangan.  Yo‘lovchilar tranfer vaqtida aeroportdan chiqmagan va tranzit hududni tark etmagan holda bu yerda bir necha soat qolishlari mumkin bo‘ladi. 240 kvadrat metr maydondan iborat bo‘lgan mehmonxona E-auksion.uz saytidagi kimoshdi savdosi orqali xususiy kompaniyaga berilgan va "Khamsa Hotel” brendi ostida faoliyat yuritadi. Yashash narxi qolish vaqti va sinfiga qarab 30-150 AQSH dollarigacha o‘zgaradi. 23 xonalar “standart” sinfiga mos kelib, faqat bitta “lyuks” xona oilaviy joylashish uchun mo‘ljallangan. Mehmonxona mahalliy rassom Bobur Ismoilov loyihasi bo‘yicha sharqona uslubda bajarilgan.  

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poytaxt aeroportida mehmonxona ochildi 