Poyezdlar tezligiga cheklov kiritildi
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda ob havoning keskin isishi sabab poyezdlarning harakatlanish tezligi cheklanmoqda.
“Harorat ko‘tarilishi natijasida yer usti temir yo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘lganligi bois yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi. Natijada poyezdlar harakat jadvalidan kechikib harakatlanishi mumkin. Harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlarda esa sovitish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin”, – deyiladi xabarda.
“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ ob-havo tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.
M. Nasriyeva tayyorladi, O‘zA