Vatanimiz tarixidagi 26 may sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.

1415 yil (bundan 610 yil oldin) – temuriylar hukmdori Shohruh Mirzo o‘z o‘g‘li Ulug‘bek bilan tortishib, Mo‘g‘ulistonga ketish arafasida turgan jiyani Ahmad Mirzoga maktub yo‘lladi. Tarixchi olim Turg‘un Fayziyevning qayd etishicha, ushbu maktubda quyidagi so‘zlar bitilgan:

“Xabarchilar bizga shu narsani yetkazmishlarki, Ahmad Mirzo bilan farzandi solih Ulug‘bek Mirzo oralarinda fisku fasodchilarning noshoyon so‘zlari birlan shaharlar va fuqarolarning tashvishlarini orttiruvchi voqealar sodir bo‘lmish. Bu xabarni biz Iroq mamlakatinda ekanligimizda eshitduk, ammo masofa yiroqligi tufayli, uning tadorigini ko‘rishga kirisha olmaduk. Dorissaltana Hirotga qaytib kelgandan keyin esa eshitdukki, u farzand Mo‘g‘uliston tomon ketayotgan emish. Bu hol biz uchun bag‘oyat maslahatdan yiroq va ajib tuyuldi. Chunki birodarlar va farzandlarga nisbatan bizning “beshikdan tobutgacha” g‘amxo‘r ekanligimiz barchaga ayondur.

Ota-bolalik binosi qo‘zg‘olmay turuvchi tog‘lardek sobit bo‘lmog‘i uchun u farzand bizning xuzurimizga homiylik panohini so‘rab kelishiga ishonchimiz qomil va e’tiqodimiz kuchlidir. Bu so‘zlarni tug‘ishganlik vazifalarini ado etish musulmonlik ham musulmonlarga g‘amxo‘rlik qilish yuzasidan aytildi. Takallufu maqtanchoqlik, makr-hiylaga yo‘yib kek saqlash bizlar uchun uyatdir. Ehtimolki, mulozimlikda yurgan bir guruh kishilar mazkur noo‘rin harakatlar xoh ixtiyoriy, xoh majburiy tarzda ular tomonidan sodir bo‘lganligi tufayli, vahimaga tushib, u farzandning bizning Huzurimizga kelishiga mone’lik qilarlar. Ahmad Mirzo ularning barchasini ishontirsinki, biz hammalarining gunohlarini avf qildik. Haq ustiga xaqdirki, ularning hammasiga rahm-shafqat panohidan boshpana bergumizdir”.

1899 yil (bundan 126 yil oldin) – Farg‘ona viloyati halq muzeyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Muzey uch qavatli binoda joylashgan bo‘lib, uning umumiy maydoni 4220 kvadrat metrni tashkil etdi, shundan 1890 kvadrat metri ekspozitsiya zallaridan iborat bo‘ldi. 

1952 yil (bundan 73 yil oldin) – tarixchi Muqaddam Hamzayevaning qayd etishicha, O‘zbekiston hukumati “Pedagogika institutlarining sirtqi bo‘limlarida ta’limni yaxshilash tadbirlari to‘g‘risida” qaror chiqardi. Unga ko‘ra, pedagogika institutlarining sirtqi bo‘limlarida o‘qitish sifatini oshirish maqsadida ayrim pedagogika institutlarining sirtqi bo‘limlari qisqartirilib, respublika bo‘yicha 6 ta yirik pedagogika institutlarining, ya’ni Toshkent davlat pedagogika instituti, Toshkent tillar pedagogika instituti, Farg‘ona, Andijon, Buxoro, Qoraqalpog‘iston pedagogika institutlari sirtqi bo‘limlari saqlab qolindi.

1962 yil (bundan 63 yil oldin) – hozirgi O‘zbek milliy akademik drama teatrida Abdulla Qahhor qalamiga mansub “Tobutdan tovush” asarining premerasi bo‘ldi. “Tobutdan tovush”da muallif poraxo‘rlikni satira tig‘i bilan fosh etishda jiddiy ijtimoiy, ma’naviy masalalarni ko‘taradi. Pesa voqealari mansabdor, g‘oyat zamonaviy poraxo‘r Suxsurovning xonadonida bo‘lib o‘tadi. Poraxo‘rlikka qarshi kurashning keskinlashishi tufayli Suxsurov Qori, Yusuf kabi hamtovoqlarini uyida kengashga to‘plab vaziyatdan qanday chiqish yo‘llarini muhokama qiladilar. O‘ta ustamon va ayyor Suxsurov xotini Netayxonning o‘gay ukasi, Mirzacho‘ldagi xo‘jaliklardan birida mexanik bo‘lib ishlovchi, urush qatnashchisi Obidjonni Toshkentga chaqirib olib, xonadonidagi oqsoq xizmatkori Hojar ismli beg‘ubor qizga uylantirib, hovli-joyini ularning nomiga o‘tkazmoqchi bo‘ladi.

Dramaturg pesaning asosiy g‘oyasini ko‘rsatish uchun hayotiy ziddiyatlarni og‘zaki aks ettirmay, pesa qahramonlarning haqiqiy qiyofalarini ochib beruvchi o‘ta kulgili holatlar va voqealarni o‘ylab topgan. Har bir obraz betakror o‘z qiyofasiga ega. Ular harakatlari, qilayotgan ishlari bilan o‘zlarini o‘zlari fosh etadilar. Muallif har bir qahramonning ichki qiyofasini, shu bilan birga tipik belgilarini yorqin bo‘yoqlarda ko‘rsatishda katta yutuqlarga erishgan. 

1994 yil (bundan 31 yil oldin) – Toshkent shahrida Yevropa Ittifoqi komissiyasining TASIS (MDH mamlakatlariga texnik yordam ko‘rsatish) mintaqaviy dasturi bo‘yicha rahbarlar guruhining davlatlararo uchrashuvi tashkil etildi.

1997 yil (bundan 28 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi muzey va ilmiy muassasalari fondidan Amir Temur va temuriylar davriga oid eksponatlarni Temuriylar tarixi davlat muzeyiga o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2000 yil (bundan 25 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni, ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning vakolatlarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va majburiyatlarini, shuningdek, fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi.

2000 yil (bundan 25 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida Golfni rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

2015 yil (bundan 10 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “Tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi tashuvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasining “«Salomatlik» ordenini ta’sis etish to‘g‘risida”, “«Sog‘lom turmush» medalini ta’sis etish to‘g‘risida” Qonunlari qabul qilindi. 

2020 yil (bundan 5 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “«Mehr-saxovat» ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. 

2023 yil (bundan 2 yil oldin) – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

Alisher EGAMBERDIEV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poraxo‘rlik ayovsiz fosh etilgan “Tobutdan tovush” asarining muallifini bilasizmi?