Pompeo Moskvaga kelmaydi
AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Moskvaga safarini bekor qildi.
AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo Moskvaga safarini bekor qildi.
Shunga qaramay Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan seshanba kuni Sochida uchrashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabariga tayanib TASS ma’lum qilgan.
Dushanba kuni Pompeo Moskvaga emas Bryusselga tashrif buyurib,Yevropa Ittifoqi vakillari bilan Eron atrofidagi vaziyatni muhokama qiladi.Reutersning ma’lum qilishicha, davlat kotibi Vashingtondan Yevropaga qarab parvoz qilmoqda.
Ilgari Pompeo dushanba kuni Moskvaga yetib kelishi haqida ma’lum qilingan edi. Rossiyaga tashrifi davomida u AQSh elchixonasi jamoasi, AQShning Rossiyada faoliyat yuritayotgan yetakchi tadbirokrlari hamda Amerika ta’lim dasturlari ishtirokchilari bilan uchrashuv o‘tkazishi, shundan so‘ng Noma’lum soldat qabriga gulchambar qo‘yishirejalashtirilgan edi.
Pompeo seshanba kuni kunning ikkinchi yarmida Sochiga tashrif buyuradi. Bu yerda Lavrov bilan muzokaralar olib boradi. Rasmiy Kreml Sochida Pompeoni RossiyaPrezidenti Vladimir Putin qabul qilishi mumkinligini ma’lum qilgan.