Polvonimiz kumush medal sohibi
Rossiyaning Tyumen shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan Gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda Elmurod Tasmurodov kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Rossiyaning Tyumen shahrida yunon-rum kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan Gran-pri turkumiga kiruvchi xalqaro turnirda Elmurod Tasmurodov kumush medalni qo‘lga kiritdi.Vazni 59 kilogrammgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasidagi bellashuvda qatnashgan tajribali sportchimiz finalgacha bo‘lgan bahslarda mezbonlar – London Olimpiadasi sovrindori Mingiyan Semenov va jahon chempionati sovrindori Ivan Kuylakovni mag‘lubiyatga uchratdi va shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oldi.