Kanadaning “Central European Petroleum” (CEP) kompaniyasi Polshaning Svinouysse shahri yaqinida yangi neft va tabiiy gaz konini topdi, deb xabar tarqatdi “PAPbusiness” nashri.
Kon Boltiq dengizida, “Wolin East 1” qudug‘ida topilgan, uning maydoni 2 ming metrdan oshadi.
CEP hisob-kitoblariga ko‘ra, uning tarkibida 22 million tonna xom neft, shuningdek, 5 milliard kub metr tovar gazi mavjud. Hududdagi umumiy zaxiralar qariyb 33 milliard tonna neft va 27 milliard kub metr gazni tashkil qiladi.

Xabarda ta’kidlanishicha, bu mamlakatdagi eng yirik uglevodorod koni, shuningdek, so‘nggi o‘n yillikda Yevropada topilgan eng yirik neft konlaridan biridir.
– Bu Yevropa nefti uchun ham, Polsha energetika sektori uchun ham tarixiy lahzadir, — dedi CEP bosh direktori Rolf Skaar.
“Wolin East 1” qudug‘i joriy yil fevral oyi oxirida burg‘ulangan edi.
Ta’kidlash joizki, Polsha zamini noyob minerallarga boy. Masalan, bundan besh yil avval ham o‘lkaning Lyubush hududida mis va kumush konlari topilgan edi. Kanadaning “Copper Copper Corp” kompaniyasi tomonidan topilgan ushbu konda joylashgan foydali qazilmalarning umumiy qiymati 60 milliard dollarga baholangan.
S.Rahimov, O‘zA