Bugun AQSH Polshaga 1,33 milliard dollarlik havo hujumidan mudofaa tizimi raketalari sotilishini ma’qulladi. Xarid jamlanmasi 400 dona AIM-120D o‘rta masofaga mo‘ljallangan havo-havo raketasidan iborat. Bu haqda “Euronews” axborot bergan.

Bundan tashqari Varshava yo‘l-yo‘riq tizimi to‘plami, ehtiyot qismlar, yuk tashish konteynerlarini qabul qilib oladi. Shuningdek, raketani boshqarish uchun zarur dasturiy ta’minotga kirish huquqiga ega bo‘ladi.

– Mazkur kelishuv Polshaga o‘tish davrida jangovar holatni saqlash va ittifoqdoshlarni ham himoya qilish uchun havo mudofaasi tizimini takomillashtirish imkonini beradi, mamlakatning joriy va kelajakdagi tahdidlarga qarshi turish qobiliyatini yaxshilaydi, – deyilgan bayonotda. –

Savdo Varshava kelasi yil mudofaa xarajatini yalpi ichki mahsulotning 5 foizigacha ko‘tarish maqsadini ko‘zlayotgan bir paytda amalga oshirildi. Bu AQSH Prezidenti Donald Tramp NATO a’zolari oldiga qo‘ygan asosiy talabdir.

eslatib o‘tamiz, Rossiya 2022 yil fevralda Ukrainaga nisbatan keng ko‘lamli harbiy amaliyot boshlagandan buyon Polsha kelajakdagi ehtimoliy tahdidlarga qarshi harbiy salohiyatini yaxshilashga intilmoqda.

Musulmon Ziyo, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Polsha harbiy sovutini mustahkamlamoqda