Polina Kudermetova Pekin kortlarini "yondirmoqda"
Xitoyning Pekin shahrida ayollar o‘rtasida davom etayotgan WTA 1000 turkumiga kiruvchi “China Open — 2026” xalqaro turnirida Polina Kudermetova navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Nufuzli musobaqaning yakkalik bahslari ikkinchi bosqichida Polina Kudermetova daniyalik Klara Tauson bilan kuch sinashdi. Uchrashuvda tennischimiz 6:4, 4:6, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi. Endi Polina Kudermetova uchinchi bosqichda rossiyalik Mirra Andreyevaga qarshi kortga chiqadi.
«China Open–2026» turnirining ushbu bosqichida yana bir vakilimiz Mariya Timofeyeva yaponiyalik Naomi Osakaga 3:6, 6:3, 3:6 hisobida imkoniyatni boy berdi. Musobaqadagi eng kuchli tennischimiz Kamilla Rahimova esa ertaga ikkinchi bosqichda kanadalik Leyla Fernandesga qarshi bahs olib boradi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA