Polina Kudermetova muvaffaqiyatli start oldi
Tennis bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining ikki nafar a’zosi — Polina Kudermetova va Mariya Timofeyeva Ispaniya va Avstriya davlatlarida o‘tayotgan xalqaro turnirlarda ishtirok etmoqda.
Jumladan, Polina Kudermetova Ispaniya poytaxti Madrid shahrida bo‘lib o‘tayotgan WTA125 toifasidagi “Grand Prix Open” turnirining ilk bosqichida misrlik Mayar Sherifni 6:1, 7:5 hisobida taslim etdi. Endi tennischimiz sovrin jamg‘armasi 115 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi mazkur musobaqaning ikkinchi davrasida fransiyalik Jessika Ponchetga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Avstriyada o‘tayotgan “WTA 500” toifasidagi musobaqaning saralash bahslari finalida Mariya germaniyalik Tamara Korpatshga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Afsuski, ushbu to‘qnashuvda Mariya 3:6, 4:6 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA