Polimer kompozitlar uchun kengaytirilgan grafit asosida qavariqlanadigan, yong‘inbardosh qoplama koks hosil bo’lishi va elektr-fizik xossalari
Jamshid OVLAYEV o‘qituvchi Qarshi davlat texnika universiteti Qarshi, O‘zbekiston jam032584032584@gmail.com https://orcid.org/0009-0004-2224-1179 Alikul Amirqulovich RAXMONQULOV professor Qarshi davlat texnika universiteti Qarshi, O‘zbekiston raxmankulovalikul@gmail.com
Annotatsiya
Maqolada qavariqlanuvchi (intumescent) polimer kompozitlarda koks qatlamini mexanik mustahkamlash va issiqlik oqimini pasaytirish maqsadida kengaytirilgan grafit olishning qisqa, amaliy jihatdan qulay yo‘li tadqqi qilingan. Uglerodli to‘ldiruvchilarning strukturaviy xususiyatlari, ularni polimer matritsaga kiritish texnologik bosqichlari hamda olingan kompozit materiallarning elektr o‘tkazuvchanlik xossalari o‘rganilgan. Tajriba natijalari uglerod to‘ldiruvchilarning bir tekis taqsimlanishi kompozitlarning koks hosil bo‘lishi va uning issiqlikka bardoshliligi, elektr-fizik xossalarini sezilarli darajada yaxshilashini ko‘rsatdi. Bu jarayon grafit bilan past haroratda (<10 °C) oksidlash orqali interkalatsiya – oksidatsiya bosqichlaridan iborat bo‘lib, ushbu bosqichlar nazorat ostida aralashtirish va ekzotermik jarayonlar orqali amalga oshiriladi. Akril emulsiyasi asosidagi qavariqlanuvchi polimer kompozit tarkibiga kengaytirilgan grafit qo‘shilganda, koks hosil bo‘lish samaradorligi ortishi aniqlangan bo’lib kengaytirilgan grafit termik harorat ta’sirida tez kengayib, ko‘p qavatli struktura hosil qiladi, bu qatlam intumescent koks strukturasini mexanik jihatdan mustahkamlaydi va qavariq qatlamning mustahkamligini oshiradi.
Tayanch so‘zlar: polimer kompozit, uglerod to‘ldiruvchi, qavariqlanuvchi, koks, mexanik mustahkamlash, issiqlik oqimi, elektr-fizik, perkolyatsiya, texnologiya.