Ramazon o‘gitlari

Islom dini insonni ruhiy-ma’naviy hamda jismoniy poklikka chaqiradi. Musulmon inson nafaqat o‘zining pokizaligiga, balki xonadoni, mahalla-ko‘yi va Vatanining tozaligi uchun ham qayg‘urishi kerak.

Mamlakatimizda Prezidentmiz rahbarligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ulkan ishlar dinimiz ta’limotiga ham hamohangdir. Hadisi sharifda: “Albatta, Alloh pokdir, poklikni yaxshi ko‘radi, tozadir tozalikni yaxshi ko‘radi, oliyjanobdir oliyjanoblikni yaxshi ko‘radi, saxiydir saxovatni yaxshi ko‘radi. Bas, hovlilaringizni toza tutinglar, yahudiylarga o‘xshab qolmanglar”, deyilgan (Imom Termiziy rivoyati).

Islom dini poklik ustiga qurilgan. Shu sabab ham mo‘min-musulmon har bir ishni poklanishdan boshlaydi. Tevarak-atrofni ozoda saqlash payida bo‘ladi. Bobo-buvilarimiz, ota-onalarimiz: “Chiqindini ariqqa supurma, suvga tupurma, hovli va ko‘chalarga axlat tashlama”, deb qayta-qayta tayinlar edi. Ilgarilari ariq va buloqlarning suvidan hech hadiksiz qonib ichardik. Issiq nonlarni oqar suvlarda oqizoq qilib yerdik.  

Hozir kim ham mahalla, guzarlar oralab oqib o‘tadigan ariqdan suv ichadi? Ba’zilar hech tortinmay ariqqa suprindini tashlaydi, kir yuvilsa, mag‘zavasini oqizadi. Har joyda ko‘z tushsa, xijolatga soladigan bir manzara bor.  

Yashayotgan joylarimizning toza bo‘lishi, avvalo, o‘zimizga bog‘liq. Faqat hovli va uylarimiz emas, qishloq, shaharlarimiz ham o‘zimizniki. Uning ozodaligiga tozalik idoralari xodimlaridan tashqari har birimiz javobgarmiz, mas’ulmiz. Kim uyi iflos bo‘lishini, chiqindilar sochilib yotishini istaydi? Gohida hatto mashinadan tushishgada erinib, ba’zi kishilar uyidan xaltachalarga solib berilgan chiqindilarni pana-pastqamlarga uloqtirib ketadi.  

Tuproq, suv, havo va boshqa narsalarni toza saqlash, ularning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik va sog‘liq uchun zararli bo‘lgan narsalardan saqlanish kabilar shariatimizning buyrug‘idir.

Atrof-muhitni pokiza saqlash ham bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday marhamat qiladilar: “Uchta joyga: suv o‘zanlariga, serqatnov yo‘llarga hamda soya-salqin yerlarga axlat tashlab, la’natga qolishdan qo‘rqinglar” (Imom Buxoriy va Imom Ab-u Dovud rivoyati).

Biroq bugun bu hadisga amal qilmaydigan, la’natdan qo‘rqmaydigan odamlar ham uchrab turgani kishini mahzun qiladi.

Bir sahobiy Rasululloh huzurlariga kelib bunday debdi: “Meni jannatga kiritadigan amalga buyuring”. Shunda Nabiy alayhissalom bunday javob berganlar: “Odamlar yo‘lidagi ozor beradigan narsani olib tashla”. Demak, biz arzimas sanagan tozalikka hissa qo‘shishimiz buyuk yaxshilik – jannatga eltar ekan.

Buyuk mutafakkir bobomiz Ab-u Rayhon Beruniy: “Kimki tozalik va pokizalikka o‘z ixtiyori bilan berilib, uni tutishga qodir bo‘lolsa, u ma’murchilikka erishadi. Kimda kim tozalikka erisholmagan bo‘lsa – faqirlikda umr kechiradi”, deb ta’kidlagan.  

Zero, o‘n asr oldin aytilgan bu so‘zlar bugungi kun uchun ham dolzarbdir.

Jasurbek Raupov,

Toshkent viloyati bosh imom-xatibi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Poklik – dinimiz ta’limoti