Pokistonga moliyaviy yordam koʻrsatiladi
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Pokistonni iqtisodiy qoʻllab-quvvatlashga tayyor, ammo...
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Pokistonni iqtisodiy qoʻllab-quvvatlashga tayyor, ammo...
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi Pokistonni iqtisodiy qoʻllab-quvvatlashga tayyor, ammo iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishni talab qiladi, deya taʼkiladi Fond boshqaruvi direktori Kristin Lagard. Tashkilot rahbarlari Pokiston Bosh vaziri Imron Xon bilan muzokaralar oʻtkazib, shunday qarorga kelishgan.
Xalqaro valyuta jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra, bugun Pokistonga moliyaviy yordam koʻrsatish har qachongidan ham zarur. Sababi mamlakat iqtisodiyoti keng koʻlamli islohotlar oʻtkazishni talab etmoqda.
2013 yili Pokiston XVJdan 5,3 milliard dollarlik kredit olgan. Mamlakat asosiy daromadini qishloq xoʻjaligi va ishlab chiqarishdan oladi. Oʻz navbatida, Fond soliq tizimini kengaytirish va iqtisodiyotni rivojlantirish uchun moʻljallanmagan xarajatlar uchun mablagʻ yoʻnaltirmaslikni talab etish huquqiga ega.
Maʼlumki, XVF davlat toʻlov balansida kamomadli qisqa va oʻrta mudatli kreditlar beradi. Ushbu mablagʻ bir qator shartlar va tavsiyalar orqali yoʻnaltiriladi.