Pokistonda harbiy samolyot halokatga uchradi
Pokistonda harbiy samolyot halokatga uchrashi natijasida ikki uchuvchi halok bo‘ldi, deyiladi REGNUM ning Al Arabia ma’lumotiga tayanib bergan xabarida.
Pokistonda harbiy samolyot halokatga uchrashi natijasida ikki uchuvchi halok bo‘ldi, deyiladi REGNUM ning Al Arabia ma’lumotiga tayanib bergan xabarida.
Hodisa Mianvali viloyatida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, uchuvchilar o‘quv mashg‘ulot davomida samolyotni boshqarayotgan bo‘lishgan. Halok bo‘lganlar eskadrilya komandiri Xaris bin Xalid va uchuvchi zobit Ibod Rahmon ekani aytilgan. Halokat sabablari hozircha aniqlanmagan.