Pokistonda 16 askar terror qurboni bo‘ldi
Pokiston shimoli-g‘arbida Afg‘oniston bilan chegara yaqinidagi harbiy nazorat-o‘tkazish manziliga uyushtirilgan hujum chog‘i 16 nafar askar halok bo‘ldi.
Mamlakat armiyasi jamoatchilik bilan aloqalar departamenti bayonotida qayd etilishicha, hodisa Janubiy Vaziriston viloyati Makin shahrida sodir bo‘lgan.
— Hujum qaytarildi, 8 nafar terrorchi yo‘q qilindi, — deyilgan xabarda. Afsuski, 16 nafar harbiyni ham boy berdik. Avvalroq Pokiston armiyasi tomonidan mamlakat shimoli-g‘arbiy va janubi-g‘arbiy hududlarida o‘tkazilgan amaliyot natijasida kamida 43 terrorchi mahv etilgan edi.