FOTOREPORTAJ

Buxoro viloyatida energetika sohasini jadal rivojlantirish, mavjud muammolarni tizimli ravishda hal qilish borasida katta hajmdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

“Buxoro hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan yuklama bilan ishlab turgan podstansiyalar quvvatini oshirish ishlari alohida e’tiborda. Viloyatning G‘ijduvon, Vobkent, Jondor tumanlari hamda Buxoro shahrida joylashgan yuqori kuchlanishdagi podstansiyalar quvvatini oshirish uchun 6 dona 40 ming va 2 dona 63 ming kilovolt-amper (kVA) quvvatdagi kuch transformatorlarini o‘rnatish va ishga tushirish rejalashtirilgan. Hozirgi kunga qadar shulardan 5 ta 40 ming  kVA quvvatli transformator o‘rnatilib, ishga tushirildi. Natijada, yuqorida keltirilgan tumanlar elektr energiyasi ta’minoti yanada yaxshilandi va mazkur podstansiyalarda qo‘shimcha zaxira quvvatlari yaratildi hamda 100 mingdan ziyod iste’molchining elektr energiyasi ta’minoti yaxshilandi.  

[gallery-20266]

Shuningdek, Shofirkon, G‘ijduvon, Buxoro tumanlari va Buxoro shahridagi 6 ta podstansiyada quvvat oshirish ishlari yakuniga yetkazildi. Xususan, Vobkent tumanidagi “Vobkent” 110/35/10 kV podstansiyasida 2 dona 40 ming kVA quvvatdagi kuch transformatorining o‘rnatilib, ishga tushirilishi natijasida Vobkent tumani va unga yondosh tumanlardagi 30 mingga yaqin iste’molchining elektr ta’minoti yaxshilandi. Shofirkon tumanidagi “Yaxshi Norovich” 110/35/10 kV podstansiyasidagi quvvati 10 ming kVA bo‘lgan kuch transformatori 25 ming kVAlisiga almashtirilib, ishga tushirildi. Podstansiyadagi quvvatning oshishi natijasida tumandagi 17 mingga yaqin aholi va 900 dan ziyod tadbirkorlik sub’ektining elektr energiyasi ta’minoti yanada yaxshilandi. Shuningdek, podstansiyada zaxira quvvatlari ham yaratildi. Kuz-qish mavsumida podstansiyalar quvvatlarini oshirish ishlari bo‘yicha yo‘l xaritalar tuzilgan bo‘lib, shu asosida amaliy harakat olib borilmoqda.

Tohir ISTATOV(surat),O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Podstansiyalar quvvatini oshirish – e’tiborda