O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Navoiy shahar o‘quv sport texnika klubi tomonidan pnevmatik quroldan o‘q otish bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Navoiy shahar konchilik kasb-hunar kolleji o‘q otish majmuasida bo‘lib o‘tgan musobaqada shahar O‘STK boshlang‘ich tashkiloti, sport seksiyalari a’zolari, ishchi-xodimlari, “Xumo” va “Muruvvat” mahalla fuqarolar yig‘ini uyushmagan yoshlari ishtirok etdi.

Musobaqa avvalida shahar o‘quv sport texnika klubining sport ishlari bo‘yicha boshliq o‘rinbosari I.Muxtorov ishtirokchilarga “Vatanparvar” tashkiloti tomonidan sportning texnik va amaliy turlarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bu ishlardan ko‘zlangan maqsad, sportning texnik va amaliy turlarining ahamiyati haqida so‘zlab berdi.

Shuningdek, “Vatanparvar” tashkilotining maqsad va vazifalari, Prezidentimizning 2018 yil 12 dekabrdagi “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida va jismoniy tarbiyalash hamda chaqiriluvchilarni harbiy-texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash tartibini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati bilan tanishtirildi.

40 nafar ishtirokchi o‘zaro bahslashgan musobaqa yakunida faxrli 1-o‘rinni Nurbek Rahmatullaev, 2-o‘rinni Gulchiroy Isroilova, 3-o‘rinni Bahodir Rizaev egalladi.

Musobaqa g‘olib va sovrindorlariga “Vatanparvar” tashkiloti Navoiy shahar o‘quv sport texnika klubi tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

N.G‘ofurova, 
Navoiy shahar O‘STK boshlig‘i o‘rinbosari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pnevmatik quroldan o‘q otish musobaqasida mahalla yoshlari ishtirok etdi
Жамият
11:20 / 24:09:2019