Piyodalar uchun qulaylik
FOTOREPORTAJ
4R 117 shimoliy aylanma yo‘lining Yangi Namangan tumanidan o‘tgan qismi, ya’ni Chortoq ko‘prigi atrofida transportlar oqimi katta. Bu esa yo‘lni kesib o‘tish jarayonida piyodalarga qiyinchiliklar tug‘diradi.
Xususan, Ishonch mahallasidagi o‘g‘il-qizlarning aksariyati yo‘lning janubiy tomonida joylashgan 62-sonli maktabga qatnaydi. Ularga yo‘lni kesib o‘tishda xavfsiz, qulay sharoit yaratish maqsadida yangi yer osti piyodalar o‘tish tunneli qurilishiga kirishildi.
Ta’kidlash joiz, tunnel uchun 4X2,30 hajmda tayyor beton konstruksiyalar o‘rnatiladi. Bu esa qurilishni tez va mustahkam bo‘lishini ta’minlaydi.
[gallery-22349]
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA