“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyatida Investitsiya dasturi doirasida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan yirik va strategik ahamiyatga ega investitsiya loyihalari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Navoiy viloyati Nurota tumani hududida joylashgan “Pistali” konida birinchi portlatish amalga oshirilgani ana shu loyihaning muhim qismidir.

Prezidentimiz Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida metallurgiya sohasidagi dasturlar haqida to‘xtalib, besh yildan keyin misni 3 barobar, oltinni esa yiliga 150 tonnagacha oshirish vazifasini qo‘yib, bu sohadagi yirik loyihalar qatorida 2023 yilda “Pistali” koni negizida oltin rudasini qayta ishlash majmuasi qurilishi yakunlanishini ta’kidlagan edi.  

bugungi kunda “Pistali” konida tuproq yuza qismini olish, oltin tarkibli ma’danlarni qazib olish va qayta ishlash majmuasi – 6-gidrometallurgiya zavodini qurish, zavodga uskuna va jihozlarni o‘rnatish, yordamchi binolar barpo etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.  

6-gidrometallurgiya zavodida tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan ma’danlar gravitatsiya-sorbsiyali sxema bo‘yicha qayta ishlanib, oltin yarim tayyor mahsulot ishlab chiqariladi. Shu maqsadda zamonaviy, yuqori samarali uskunalar, jumladan, soatiga 500-550 tonna ma’danni qayta ishlash quvvatiga ega yanchish tegirmonlari, quyultirgichlar, jadal sianlash va sorbsiyali tanlab eritish qurilmalari o‘rnatiladi.  

Qiymati 274,7 million dollarni tashkil etuvchi mazkur loyihaning amalga oshirilishi kelgusida har yili 4 million tonna ma’danni gravitatsiya-sorbsiyali sxema asosida qayta ishlab, undan yarim tayyor mahsulot olish imkonini beradi. “Pistali” konidan esa yaqin kelajakda 40 million tonnadan ziyod ma’dan qazib olish mo‘ljallanmoqda.  

Eng muhimi, loyihada ko‘zda tutilgan gravitatsion boyitish uskunalari, sorbsiyali tanlab eritish sig‘imlari, S-36 rusumli quyultirgichlar va nasos agregatlari kabi asosiy uskunalar Navoiy mashinasozlik zavodida mahalliylashtirilgan.  

A.Bo‘riyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Pistali” konida birinchi portlatish amalga oshirildi