Toshkent viloyatining iqlimi yilning to‘rt faslida ham aholi tomorqasidan sabzavot mahsulotlari yetishtirishga qulay. Shu tufayli bu oilalarning daromad manbaiga aylanmoqda. Bu o‘z navbatida nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham yetishtirgan mahsulotlarga xaridorlar talabi ortishiga zamin yaratadi.

Piskent tumanida tomorqachilik bo‘yicha namuna ko‘rsatayotgan oilalar juda ko‘p. Ular mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanmayotgan, vaqtida agrotexnik tadbirlarni amalga oshirmay, mavsumda turli sabzavot ko‘chatlarini parvarish qilmayotganlarga yaxshigina o‘rnak bo‘lmoqda.  

Joriy yil oktyabr oyida davlatimiz rahbari viloyatga tashrifi davomida aynan qishloq xo‘jaligi sohasiga zamonaviy texnologiyalarni joriy etib, ekologik toza, arzon va sifatli mahsulotlarni yetishtirish va ichki bozorni barqaror ta’minlash borasida tomorqa xo‘jaliklarining tajribasi haqida so‘z yuritgan edi.  

– Televizorda Prezidentimizning Piskentimiz haqida iliq so‘zlar bilan gapirayotganini kuzatib qalbim g‘ururga to‘ldi, – deydi Bekobod mahallasida istiqomat qilayotgan Dilshodbek Mirsoatov. – Lavhaning boshidan ko‘ra olmaganim uchun o‘sha zahotiyoq “Nega, aynan Piskent?” degan savol tug‘ildi. Lekin ijtimoiy tarmoqlarda ushbu lavhani qayta-qayta tomosha qilganimda, bu savolga aniq javob topdim. Ma’lum bo‘lishicha, Piskent tuman hokimi Muzaffar Aripov Mingtepa mahallasi misolida tumandagi hosildorlik darajasini Prezidentimizga misollar bilan bayon etgan ekan.  

U tomorqalardan besh marta hosil olayotgan xonadonlarni tilga olib, Piskent mehnatkashlarining izlanishlari haqida so‘z ochgan. Shunda Prezidentimiz tuman aholisining mehnatsevarligini yuksak baholab, ularning fidoyiligiga e’tirof bildirgan. Eh, attang, hokimimizga o‘z tomorqamdan olti marta hosil olayotganim haqida aytib qo‘ysam bo‘lar ekan, deb o‘ylab qoldim. Oxirgi yillarda biz, piskentliklar, yerlardan olti martagacha hosil olishga erishmoqdamiz. Keyin esa tushundimki, ehtimol hokimimiz katta ishonchni ehtiyotkorlik bilan oqlash uchun ma’lumotni biroz yumshatib aytgandir.

  Hech shubhasiz hozir piskentliklar o‘z mehnati va sohadagi zamonaviy tajribalar bilan tomorqadan foydalanish madaniyatini yangi bosqichga ko‘tarmoqda. Masalan, Fayzobod mahallasidagi Sohiba Abdurahmonova issiqxonasida uchinchi hosilni yig‘ishtirishga hozirlik ko‘rmoqda. Dilovar Safarova gulchilikni rivojlantirgan bo‘lsa, limonchilikda katta muvaffaqiyatlarga erishgan oilalar ham ko‘pchilikni tashkil etadi. Shuningdek, Nodira Qambarova issiqxona va asalarichilik bilan shug‘ullanib, nafaqat o‘z oilasini, balki atrofdagilarni ham o‘z mahsulotlari bilan ta’minlamoqda.  

Shuningdek, Yangiobod mahallasida ham ana shunday issiqxonalar tashkil etilib, aholi zamonaviy dehqonchilik usullari orqali yaxshi natijalarga erishmoqda. Ushbu hududda barpo etilgan issiqxonalar nafaqat mahalliy aholi daromadini oshirishga, balki yangi ish o‘rinlari yaratilishiga ham xizmat qiladi. Tomorqadan oqilona foydalanish, limonchilik va asalarichilik sohalari nafaqat iqtisodiy barqarorlikni, balki jamiyatning mehnatsevarlik, tashabbuskorlik va birdamlik kabi fazilatlarni yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Ma’lumki, endilikda Prezidentimizning tegishli qarori asosida o‘zini-o‘zi band qilganlar 100 million so‘mgacha kafolatsiz kredit olishi mumkin bo‘ldi. Bu imkoniyatdan samarali foydalangan Bekobod mahallasida yashovchi Kamoliddin Sodiqov ham kredit olib, issiqxona tashkil qildi. Bugungi kunda u pomidor va bodring kabi sabzavot ekinlari yetishtirib, ichki va tashqi bozorda sotish uchun yetkazib bermoqda. Shuningdek, dehqon issiqxonasida uzumning yangi navini ekib, ommalashtirishni niyat qilgan.

Bu hududda aholi ko‘proq asosan to‘qsonbosti ekinlari, tez yetiladigan sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirishga harakat qiladi. Ayniqsa, turli ko‘kat parvarishlash ham juda ommalashgan. O‘simliklarni sug‘orish ishlarida esa suv tejovchi texnologiyalardan foydalanishi tufayli hosildorlik yanada oshirmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, Piskent tumani aholisi amalga oshirayotgan mirishkorlik ishlarga tahsinlar aytish lozim.  

A.Musayev,O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Piskentlik mirishkorlar e’tirofga sazovor