Toshkent viloyati Piskent tumanida xitoylik investorlar tomonidan yirik texnopark qurilishi rejalashtirilmoqda.

Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda. Qayd etilishicha, Piskent tumani hokimi Shuhrat Ahmedov xitoylik investorlar bilan uchrashib, tumanda elektrotexnika vositalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik texnopark qurilishi masalasini muhokama qildi.

Uchrashuvda tumanning investitsion salohiyati, bu yerda yaqin kelajakda amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami haqida ma’lumot berildi. O‘z navbatida, nufuzli Xitoy kompaniyasining direktorlar kengashi raisi Yue Xefu istiqboldagi biznes loyihalari haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Shundan so‘ng xitoylik tadbirkorlar istiqbolli loyiha uchun zarur yer maydonini borib ko‘rdi. Tuman hokimligi tomonidan investorlarga transport va infrastrukturasi nisbatan yaxshi rivojlangan 3 ta hududdan yer maydoni ko‘rsatildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 150 million dollar qiymatidagi ushbu investitsion loyiha amalga oshsa, qariyb 2 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Piskentda yirik texnopark qurilishi rejalashtirilmoqda
Жамият
12:38 / 24:09:2019