Xalq ta’limini rivojlantirishning konsepsiyasi tasdiqlangan. Mazkur hujjatning birinchi bandida PISA xalqaro tadqiqotida O‘zbekistonning ishtirokini ta’minlash va 2030 yilga borib kuchli 30 talikka kirishga erishish maqsadli yo‘nalishda belgilangan. Ya’ni, Xalq ta’limi uchun strategik vazifa qo‘yilgan.

Ilk marotaba 2021 yilning 5-14 aprel kunlari mamlakatimizda 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qib tushunish darajasini baholash bo‘yicha xalqaro tadqiqotlar o‘tkazilgan edi. Tadqiqotda respublikamizdagi 180 ta maktabda ta’lim-tarbiya oluvchi 5 948 nafar 4-sinf o‘quvchisi hamda ularning ota-onalari, maktab direktorlari va sinf rahbarlari ishtirok etgandi.  

Shuningdek, 2022 yilning aprel oyida yurtimizdagi 202 ta maktabda PISA xalqaro baholash tadqiqotlari o‘tkazildi. Tadqiqotda yurtimizning 15 yoshli maktab o‘quvchilari tabiiy-ilmiy savodxonlik, matematik savodxonlik hamda o‘qish savodxonlik yo‘nalishlari bo‘yicha ishtirok etdi.

Navbatdagi xalqaro baholash tadqiqotlari 2023 yilda o‘tkaziladi. Kelgusi yilda o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan TIMSS-2023 tadqiqotlarida 4- va 8-sinf maktab o‘quvchilari tabiiy fanlar hamda matematika fanidan o‘z bilimlarini sinab ko‘radi.

Xalqaro tadqiqotlarga tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltirilgan PISA, TIMSS, PIRLS xalqaro baholash dasturlari doirasidagi topshiriqlar bilan ishlash ko‘nikmasini shakllantirish, o‘qituvchi va o‘quvchilarni tayyorlash, ularning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini, shuningdek, o‘quvchilarda ijodiy va mantiqiy fikrlash, tegishli fan yo‘nalishlari bo‘yicha savodxonligini rivojlantirish, o‘qituvchilarga amaliy va uslubiy yordam berish maqsadida Xalq ta’limi vazirligi va A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan STesting elektron platformasi (https://stesting.uz) ishlab chiqildi.

Ushbu platformada 1449 ta test-topshiriqlari, 103 ta mediakurslar, 40 ta kimyo va biologiya fanlaridan malaka oshirish media kurslari o‘rin olgan. Shulardan, PISA xalqaro baholash tadqiqotiga oid 30 ta blok va 489 ta savollar bo‘lsa, TIMSS xalqaro baholash tadqiqotiga oid esa 8 ta fanga tegishli 583 ta nazorat savollari joy olgan va PIRLS xalqaro baholash tadqiqotiga oid 30 ta blokdan iborat 377 ta savol platformaga joylashtirilgan.

STesting elektron platformasi statistikasiga e’tibor qaratilsa, 2022 yilning fevral-iyul oylari davomida yurtimizdagi 7750 dan ortiq maktablar ushbu elektron plaftformadan ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ularda 2 500 000 dan ortiq maktab o‘quvchilari test-topshiriqlarni bajarib kelmoqda. Ushbu bajarilgan test-topshiriqlar 12 nafar malakali pedagog-mutaxassislar tomonidan o‘zbek va rus tillarida tekshirib baholanmoqda. Hozirda 2 000 000 dan ortiq test-topshiriqlar tekshirib baholandi.

Hozirda milliy tadqiqot instituti mazkur loyihaning yangi kontent va test topshiriqlari bilan boyitish maqsadida, "STesting"2 loyihasi ustida ishlar olib borilmoqda.

Ma’lumot uchun, institutning STESTING.UZ trenajyor platformasi o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun tashkil etilgan. Bepul platformada xalqaro baholash dasturlariga tayyorlanish mumkin.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
PISA, TIMSS, PIRLS: O‘zbekiston xalqaro baholash dasturlariga tayyormi?