🏆JCH-2026⚽
Özbek
Ўзбек
Русский
English
French
German
Arabic
Қазақ
Spanish
Chinese
Sönggi yangiliklar

Pirotexnika vositalari savdosiga yo‘l yo‘q

Pirotexnika vositalari savdosiga yo‘l yo‘q
Jamiyat
Tanlaş
13:53 / 13.12.2022

Buxoro viloyati Ichki ishlar organlari tomonidan boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasiga qarshi bir qator nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan, nazorat tadbirlari davomida Buxoro viloyati ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan pirotexnika vositalarining noqonuniy muomalasi bilan bog‘liq 3 ta holat aniqlanib, jami 2 million 340 ming so‘mlik 230 qadoqda pirotexnika vositalari tegishli tartibda hujjatlashtirildi.  

Kogon tumani O‘rta hoji ko‘chasida yashovchi 2004 yilda tug‘ilgan I.S. ismli fuqaroga tegishli 20 qadoq ya’ni 220 ming so‘mlik “Treniya” yozuvli, Buxoro tumani Udurg‘i ko‘chasida yashovchi 2007 yilda tug‘ilgan N.M. ning yonidan 10 qadoq ya’ni 120 ming so‘mlik “Britanik” yozuvli hamda Buxoro shahar “Oybek” mahallasi A.Jomiy ko‘chasida yashovchi 2001 yilda tug‘ilgan I.S. ismli shaxsga tegishli bo‘lgan 11 ming dona ya’ni 200 qadoq “Treniya” va “Britanik” yozuvli 2 million so‘mlik pirotexnika vositalarini sotish maqsadini ko‘zlab saqlab kelayotganligi aniqlangan.  

Mazkur holatlar yuzasidan hududiy Ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, O‘zbekiston Respublikasi MJtKning  tegishli moddasi bilan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun sud organlariga yuborildi.  

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” gi qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida pnevmatik qurollarni aniqlash hamda Ichki ishlar organlariga ro‘yxatga qo‘yish borasida olib borilgan tadbirlar davomida 1 kunda 6 dona, tadbir boshidan buyon 15 dona pnevmatik qurollar aniqlanib, vaqtincha olib qo‘yilgan.  

Bu boradagi nazorat tadbirlari davom etmoqda.  

 

Zarif Komilov, O‘zA

Muallif: zarifkomilov