Senat yalpi majlisida «O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritish haqida»gi qonun ko‘rib chiqildi.

Ta’kidlanganidek, huquqbuzarliklar profilaktikasi, shu jumladan pirotexnika buyumlari qonunga xilof muomalasining oldini olish bo‘yicha tadbirlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.  

Jumladan, 2021-2023 yillarda 239 holatda mamlakatimiz hududiga qiymati qariyb 2 milliard so‘mlik 300 mingdan ortiq pirotexnika buyumlarini noqonuniy olib kirish holatlarining oldi olingan.

Shu bilan birga, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘i, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini muhofaza qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish maqsadida pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi bilan bog‘liq ma’muriy javobgarlik choralarini kuchaytirish zaruriyati yuzaga kelmoqda.

Ushbu qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarganlik, tayyorlaganlik, saqlaganlik, tashiganlik, jo‘natganlik va O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqqanlik, shuningdek, pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda o‘tkazganlik yoki O‘zbekiston Respublikasiga olib kirganlik uchun mazkur huquqbuzarliklarning ijtimoiy xavflilik xususiyati va darajasidan kelib chiqqan holda javobgarlik choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritilmoqda.  

Qayd etilganidek, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi tomonidan pirotexnika vositalari bilan bog‘liq salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha mas’ul tuzilmalarga senator so‘rovi ham yuborilgan.  

Qo‘mita tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlariga qo‘shni davlatlardan chegarani buzgan holda pirotexnika vositalarini olib o‘tish holatlarining oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirish lozimligi yuzasidan tavsiyalar yuborilgan.

Qonunga kiritilayotgan yangi normalar bugungi kunda olib borilgan hamkorlikdagi umumiy sa’y-harakatlarning amaliy natijasidir.

Senatorlar ma’qullagan qonun jamoat xavfsizligini ta’minlash va pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.  

N. Abduraimova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlik choralari kuchaytiriladi